Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda taniqli sportchi Elbek Rahimovning o‘ldirilgani yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryoda taniqli sportchi Elbek Rahimovning o‘ldirilgani yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat sudi matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun 2022 yil 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Qashqadaryo viloyati sudining jinoyat sudlov hay’ati sudyasi F.Yusupov OAV vakillari va blogerlarga sud jarayonini tasvirga olishga ruxsat bergan. Ammo taraflarning ko‘rsatmalarini sud hukmi e’lon qilinguncha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritishni taqiqlagan.
Sudda ayblanuvchilardan birining advokati sud raisidan sud majlisida prokuror ishtirokini rad etish bo‘yicha iltimosnoma kiritgan. U bu iltimosini sud ishida prokurorlarga tegishli ko‘rsatmalar ham borligini, ular ko‘rib chiqilmagani hamda huquqiy baho berilmagani bilan izohlagan.
Sudda qatnashayotgan prokuror esa suddan bu iltimosnomani qanoatlantirmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Elbek Rahimov o‘limi yuzasidan 26 nafar shaxsga ayblov e’lon qilingan. Ular Jinoyat kodeksining 97, 28, 104, 105, 109, 127, 137, 169, 210, 211, 230, 238, 241-1 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
17:18 / 08.06.2026