Qaşqadaryo viloyati içki işlar boşqarmasi axborot xizmati sport murabbiyi Elbek Rahimovning öldirilişi bilan boğliq qöşimça ma'lumotlar berdi. Unga köra, bir guruh şaxslar unga oğir tan jarohatlari yetkazib, sportçini Çiroqçi tumaniga taşlab ketişgan.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 17 avgust kuni soat 10-00larda yetti nafar sovuq qurollar bilan qurollangan şaxslar Qarşi şahrida yaşovçi Elbek Rahimovning köp qavatli uyidan çiqişini kutib turgan. Sportçi köçaga çiqqanidan keyin boş, yuz, kökrak va tanasining boşqa sohalariga urib unga oğir tan jarohati yetkazişgan va «Jyentra» maşinasiga majburan ötqazib olib ketişgan. Söng jinoiy qilmişlarini yaşiriş maqsadida uni Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasiga olib borib taşlab ketişgan.

Oqibatda, Elbek Rahimov körsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan şu kuni şifoxonada vafot etgan. Jinoyatni foş etiş maqsadida olib borilgan tezkor qidiruv suriştiruv tadbirlari natijasida şu kunning özida jinoyatga aloqador Qarşi şahri va Qarşi tumanida yaşovçi fuqarolar Ş.T., J.A., O.R., Ya.Ya., Ş.Z. va E.A. uşlangan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Qarşi şahar prokurori tomonidan jami yetti nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «l», «p» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, Ş.T., J.A., O.R., Ya.Ya., Ş.Z. va E.A. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilindi hamda himoyaçi bilan ta'minlanib, Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan. Ta'kidlanişiça, holat yuzasidan qöşimça ravişda ma'lumot beriladi.