Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda taniqli sportchi Elbek Rahimovning o‘ldirilgani yuzasidan sud boshlandi
Qashqadaryoda taniqli sportchi Elbek Rahimovning o‘ldirilgani yuzasidan sud boshlandi. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha jami 26 nafar shaxsga ayblov e’lon qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.
2021 yil avgust oyida Qarshi shahrida taniqli sportchi Elbek Rahimov bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgandi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 6 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat sudida sudlanuvchilar T. Aliyev va boshqalar (jami 26 shaxs)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud boshlangan.
Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi F. Yusupov raisligida ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 97, 28, 104, 105, 109, 127, 137, 169, 210, 211, 230, 238, 241-1 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026