Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 2022 yil 7 may kuni Termiz şahridagi “Alpomiş” sport majmuasining tomi qulab tuşgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Xabarga ilova qilingan videoda aytilişiça, sport majmuasining tomi qulab tuşişidan biroz avval u yerda şuğullanib turgan bolalar çiqib ketişgan va şu sababli hodisada heç kim jarohat olmagan.

Sport majmuasining tomi nima sababdan qulab tuşgani ma’lum emas. Şuningdek, hodisa haqida rasmiy izoh berilmadi.

Kun.uz hodisa yuzasidan izoh oliş uçun viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmati hamda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbarlari bilan boğlandi. Ular Boysunda ekanliklarini, u yerda ötkazilayotgan xalqaro festivalda taşkiliy işlar bilan bandligini aytib, Termizdagi sport majmuasining tomi qulab tuşgani haqida ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilişdi.

Termiz şahar hokimligi axborot xizmati rahbari bilan boğlanişning iloji bölmadi.

Ma’lumot uçun, Termiz şahrida joylaşgan «Alpomiş» sport majmuasida turli sport turlari böyiça mamlakat birinçiliklari va viloyat miqyosidagi musobaqalar ötkazib kelingan.