Surxondaryo viloyati Termiz şahrida kosmetolog Ergaşeva Jamila öz turmuş örtoği Tursunali Ergaşev tomonidan ayovsiz kaltaklagan. Uning opasi, aktrisa Madina Mahmudova instagramdagi sahifasida singlisining yuzida kuçli kaltaklaş izlari aks etgan suratlarini joylaştirdi.

Postda jabrlanuvçi olti yil oldin turmuş qurgani, ötgan vaqt davomida turmuş örtoğining tahqir va kaltaklariga çidab kelgani, 16 avgust kungi kaltaklanişi sönggi tomçi bölgani aytiladi.

Ma’lum bölişiça, ayol eri uxlab qolgunça kutib, ertalabki soat oltilarda kiçik yoşdagi farzandi bilan uydan qoçib ketgan. Postda e’lon qilingan kuzatuv kameralaridan olingan videoda ayolning uydan deyarli heç narsasiz, qölida faqat bolasini kötarib çiqqanini köriş mumkin.

Ayolning özi nomidan yozilgan ma’lumotda ikki farzandi borligi, oilada özi va qaynonasi işlaşi, turmuş örtoği heç qayerda işlamasligi va uning hisobiga yaşaşini aytadi.

«Sigaretigaça olib beraman, uning jarimalari, qarzlari, maşinasining kreditini, benzin xarajatini va hatto sport zali uçun abonimentini ham tölayman. Ba’zida men bergan pullarni u öz sevgilisiga işlatadi», – degan u.

Qöşimça qilinişiça, u pul bermaganida navbatdagi kaltaklaşga duçor böladi. «U meni xonaga qamab oladi va miya çayqalişiga olib keladigan darajada uradi va buni nafaqat bolalar, balki qöşnilar ham eşitadi. Işlamagan paytimda u onamga tahdid qilib yiğlatgan va pul undirgan. U har kuni tongdan tungaça taqiqlangan moddalar iste’mol qiladi. Boradigan joyim yöq deb öylaganim uçun çidaganman va qarindoşlarimdan heç biriga aytmaganman. Uning qiliqlaridan yaqin qarindoşlari xabardor, ammo ular ham heç qanday çora körişmaydi», – deyiladi postda.

Uşbu post keng tarqalgaç, muştumzör er özini oqlaşga urinib, «kaltaklaşiga sabablar borligi»ni aytgan. «Agar men vahşiy bölganimda, bu ayol tirik qolmagan bölardi», deb tahdid qilgan u storisda.

 

Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB izoh