Termiz şahrida uçta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Termiz şahrining At-Termiziy va A.Navoiy köçalari kesişgan çorrahada Matiz, Nexia-3 hamda Cobalt maşinalari iştirokida YTH sodir bölgan.
YTHda heç kim jarohatlanmagan va ölim holatlari yuz bermagan. Faqat Nexia-3da yonğin sodir bölgan va maşina yonib ketgan.
Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan qöşimça tergov işlari olib borilmoqda.

















