Kun.uz yurtimizning olis hududlaridagi odamlar hayoti, turmuş-tarzi bilan tanişişda davom etadi. Galdagi manzilimiz Qönğirot tumanining Xorezm ovuli böldi. Ahil va totuvlikda yaşayotgan yuzdan ortiq xöjalik ahli turmuşlaridan nolimaydi. Ovuldagi urf-odat va an’analar sizni befarq qoldirmaydi deb öylaymiz.
Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumanidagi Xorezm ovuli ayollari Navröz bayramida göja oş qiliş uçun kelida jöxori tuyişadi. Tuyilgan jöxorini tozalab, ğalvirda saralab olişadi. Çiqqan mayda jöxori bölaklarini tovuqlarga yemiş sifatida olib qöyib, saralanganidan esa göja oş qilişar ekan.
Boğça mudirasining aytişiça, qişloq boğçasida 25 ta bola tarbiyalanadi. Qişloq kişilari ham «bizda köp yangilik bor, yangi maktab, yangi boğça qurildi», deb mamnun gapirişdi. Boğçada barça şaroitlar bor, 50 ta bolaga möljallangan yangi guruh ham oçilyapti ekan. Yaqinda yana bir boğça qurilişini ham aytib ötişdi.
Çorvaçilik va dehqonçilik bilan şuğullanuvçi Bahodir aka şu qişloqda tuğilib ösgani, fermerlik ham qilganini, dehqonçilik uçun eski traktori borligini samimiylik bilan aytadi.











