Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, 2022 yil 6 may kuni tongda A-378 Samarqand–Qarşi avtomobil yölining Nurobod tumani hududidan ötgan 22-kilometrida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yaşovçi haydovçi Nexia maşinasini boşqarib kelayotib uxlab qolgan. Şundan söng boşqaruvni yöqotgan maşina beton tösiqqa urilib pastlikka ağdarilgan va yonib ketgan.
Oqibatda maşina salonida bölgan tört nafar yölovçi undan çiqa olmay yonib ketgan. Haydovçi esa oğir tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki suriştiruvda, haydovçi maşina boşqariş huquqini beruvçi guvohnoma olganiga 4 oy bölgani va u öşa kuni çarçaganiga qaramasdan maşinani boşqarişda davom etgani aniqlangan.
Avvalroq Toyloq tumanida haydovçi maşinani kanalga tuşirib yuborib qoçib ketgani oqibatida uç kişi vafot etgandi. Ulardan ikki nafari voyaga yetmagan bola bölgan.











