«Janubiy Osetiya Respublikasi xalqining Rossiya bilan qayta birlaşiş haqidagi tarixiy istagidan kelib çiqib, Janubiy Osetiya Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi 16-bandiga muvofiq qaror qilaman: Janubiy Osetiya Respublikasining «Siz Janubiy Osetiya Respublikasi va Rossiyani birlaşişini qöllab-quvvatlaysizmi?» degan savol böyiça referendumi belgilansin», - deyiladi farmonda.

Referendum sanasi 2022 yil 17 iyulga belgilangan. 

Juma kuni Bibilov referendum böyiça hujjatlarni Janubiy Osetiya Oliy sudiga yuborgan edi. 

«Bugun MSK Janubiy Osetiyani Rossiya tarkibiga qöşiş taşabbusini bir ovozdan qöllab-quvvatladi. Hujjatlar sudga topşirildi. Biz sud qarorini kutmoqdamiz va katta orzumiz tez orada amalga oşadi», deb yozadi Bibilov özining telegram-kanalida. 

Uning sözlariga köra, Rossiya va Janubiy Osetiyani umumiy tarix boğlab turadi. «Bu şunçaki şeriklik yoki döstlik emas. Bu aka-uka örtasidagi işonçli munosabatlar bölib, bunda katta aka doimo tuşunib, söz va iş bilan qöllab-quvvatlaydi, uka esa kattani hurmat qiladi va yordam beradi. Şu bilan birga, özini özi ta’minlaş va hamma uçun huquqlar tengligi töliq anglab yetilgan. Birlaşiş vaqti keldi», deydi u. 

30 mart kuni Bibilov Janubiy Osetiya Rossiya Federatsiyasiga qöşiliş böyiça qonuniy çoralar körişini ma’lum qilgandi. 

Ayni paytda, Abxaziya rahbariyati respublikaning bunday rejalari yöqligini ta’kidlagan. «Abxaziyaning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qöşilişi haqida gap ketmayapti. Abxaziya konstitutsiyasida mamlakatimiz mustaqil davlat deb mutlaqo aniq e’lon qilingan», - deya Abxaziya parlamenti spikeri Valeriy Kvarçiyaning 30 martdagi bayonotidan iqtibos keltirgan «Interfaks» agentligi. 

2008 yil 26 avgustda, Gruziyadagi «beş kunlik uruş»dan köp ötmay, Rossiyaning öşa paytdagi prezidenti Dmitriy Medvedev Rossiya Federatsiyasi tomonidan Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Öşandan beri Janubiy Osetiya rahbariyati Rossiyaga qöşiliş böyiça referendum ötkaziş rejasini bir neça bor e’lon qilgan edi.