Moskva birjasi savdo maydonçasidagi valutalar töplamini kengaytirişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi RBK öz manbalariga tayanib. 

Xabar qilinişiça, savdolarga Özbekiston sömi, BAA dirhami va Armaniston drami kiritilişi mumkin. 

Naşr manbasining sözlariga köra, valutalar röyxatining kengaytirilişi birjadagi savdo aylanmasi tuşib ketişi fonidagi mantiqiy qadam hisoblanadi. 

Hisob-kitob qilinişiça, 2022 yil aprelida kunlik dollar-rubl savdosi hajmi örtaça 81,5 mlrd rublni taşkil etgan – 2021 yilda bu körsatkiç 242,9 mlrd rublga teng bölgan. 

RBK manbalarining bildirişiça, Rossiya biznesi sanksiyalar fonida BAA bilan köproq qiziqa boşladi, Ğarb birjalarida Rossiya kompaniyalari aksiyalari savdosi töxtatilganidan keyin esa Abu-Dabi va Hongkong birjalariga ötiş imkoniyatini körib çiqa boşladi.  

Hozirda Moskva birjasida 10ta xorijiy valuta savdosi yölga qöyilgan: AQŞ dollari, yevro, Xitoy yuani, Britaniya funti, yapon iyenasi, Şveytsariya franki, turk lirasi, Hongkong dollari, Belarus rubli va qozoq tengesi.