Mart oyida Özbekistonda dollarning sömga nisbatan rasmiy kursi 0,31 foizga yoki 38,53 sömga oşib, 12 172,18 sömdan 12 210,13 sömga yetdi.

Oy davomidagi 19 ta savdo sessiyasining 12 tasida AQŞ dollari sömga nisbatan mustahkamlangan bölsa, 7 ta savdo sessiyasida teskari holat kuzatildi. Mart oyida dollarning eng minimum qiymati 16 mart kuni qayd etildi – 12 081,63 söm. 31 martga kelib dollar kursi oylik maksimum — 12 210,71 sömga yetdi.
Agar fevral oyi oxirida banklar dollarni 12 080 sömdan sotib olib, aholiga 12 130 sömdan boşlab sotgan bölsa, 30 mart kuni xarid kursi 12 150 söm, sotiş kursi esa 12 200 sömdan boşlandi.
Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning yozişiça, fevral oyining söngida Eronga boşlagan hujum dunyo iqtisodiyotidagi noaniqliklarni keskin oşirdi. Natijada, amerikalik investorlar boşqa davlatlarga investitsiyalarini kamaytirişi, şuningdek, AQŞ qimmatli qoğozlari xavfsiz moliyaviy boşpana sifatida körilişi dollarning aksariyat valutalarga nisbatan mustahkamlanişiga olib kelgan.
Mart oyida tanlab olingan 39 ta valutadan faqatgina tengening dollarga nisbatan mustahkamlanişi kuzatilgan bölsa qolgan barça valutalar qadrsizlangan yoki özgarişsiz qolgan. Oy davomida tenge dollarga nisbatan 3 foizga öz qiymatini oşirgan. Tengening mustahkamlanişi Eron uruşi fonida neft narxining yuqori ösganligi bilan izohlanadi.
«Mart oyida söm dollarga nisbatan 0,3 foizga qadrsizlanib eng past qadrsizlangan valutalardan biri bölgan. Şuningdek, yuqori neft narxiga qaramasdan rubl oy davomida 5,1 foizga qadrsizlangan. Bu Milliy jamğarmadan valuta sotuvlari töxtatilgani va monetar siyosatning «yumşaşda» davom etayotgani bilan izohlanişi mumkin. Bu davrda yirik valutalardan frank 2,9 foizga, iyena 2 foizga, yevro 1,6 foizga hamda funt 1 foizga qadrini yöqotgan», deya yozadi iqtisodçi.

Mirkomil Xolboyevning qöşimça qilişiça, yillar kesimida joriy yil mart oyidagi qadrsizlaniş 2025 yildagi körsatkiçga nisbatan biroz yuqori şakllangan bölsa-da, 2022-2024 yillarga nisbatan sezilarli darajada past bölgan.













