Vazirlar Mahkamasining “2022-2024 yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlaş sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajariş yuzasidan Özbekiston milliy harakatlar rejasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar:
2022-2024 yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlaş sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajariş yuzasidan Özbekiston milliy harakatlar rejasi;
2022-2024 yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlaş sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajariş yuzasidan Özbekiston milliy harakatlar rejasini amalga oşiriş böyiça milliy ekspertlardan iborat bölgan işçi guruh tasdiqlanadi, bunda işçi guruh tarkibiga kiradigan mutaxassislar milliy ekspertlar hisoblanadi.
Quyidagilar milliy harakatlar rejasini amalga oşiriş doirasida asosiy vazifalar etib belgilanadi:
yadro, kimyoviy va biologik qurol-yaroğ hamda uni yetkazib beriş vositalarini noqonuniy köçiriş va tarqatişning oldini oliş;
xalqaro şartnomalardan kelib çiqadigan talablar va qoidalarni öz vaqtida bajariş;
kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşirişni taşkil etiş;
xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlaş, şuningdek, kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan boşqa vazifalarni öz vaqtida hamda sifatli bajariş.
Belgilanişiça:
milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalarning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişi monitoringi Sanoat xavfsizligi davlat qömitasiga yuklanadi;
milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalarning öz vaqtida va samarali bajarilişini sözsiz ta’minlaş uçun mutasaddi vazirliklar va idoralarning birinçi rahbarlari mas’ul.
Milliy harakatlar rejasi xalqaro taşkilotlar, şerik mamlakatlar yoki donorlar tomonidan beriladigan mablağlar, şuningdek, milliy harakatlar rejasi doirasida jalb etilgan taşkilotlarning öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.








