Qizimni saraton olib ketdi, endi nabiramda bu dard

2010 yilda Çinnigul opa qizidan ayrilgan. Saraton sabab hayotdan erta ketgan qizidan bir öğil, bir qiz farzand yodgor bölib qolgan. Ammo baxtga qarşi şu öğil nabira ham oqqonga çalingani buvining dardini battar oğirlaştirdi.

“Şu qizimdan qolgan ikki farzand bilan ijarada yaşaymiz. Uyimiz bor edi, Azamatni davolatiş uçun sotib yubordik. Özim 400 ming söm pensiya olaman. Şuning evaziga kun keçiramiz. Turmuş örtoğim ham vafot etib ketgan.

Içim töla alam, bular voyaga yetgunça bormanmi, yöqmanmi bilmayman. Nevaram şu kasalga çalingandan keyin otasi ham taşlab ketdi. Kimga dardimni aytaman?” deya yiğlaydi keksa buvi.

Azamat yetimlik azobini körib ösayotgan singlisi uçun qayğuradi. Tuzaliş umidida yaşayotgan ösmir kelajakda vatan himoyaçisi bölişni orzu qiladi.

Azamat Djuzboyevga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0610 9735 6512 buvisi Çinnigul Djuzboyeva nomida 

Borimizni sotib bolamni davolatdik

Orzigul opa bolasini oğir ahvolda viloyatdan poytaxt şifoxonasiga olib kelganiga yarim yil böldi. Yurişga ham majoli bölmagan Asadbekning salomatligi şifokorlar sa’y-harakati bilan bugun ança tiklangan. Xastalik sabab oila parokanda, tört farzandi viloyatda qolgan ona ulardan xavotirda. Çunki turmuş örtoği 2-guruh nogironi bölgani sabab mustaqil harakatlana olmaydi.

Opaning barça farzandlari maktab yoşida, faqat tönğiç öğil tomorqasida dehqonçilik qilib kun köradi. Ikki marotaba oğir operatsiyani boşdan ötkazgan oila boşliği nogironligi tufayli biror joyda işlaşning imkoni yöq.

“Uyimizda qölga ilinadigan nimaiki bölsa sotdik, mol-hollarimiz ham sotildi. Şu paytgaça şularni sarfladik, qarindoş-uruğlar yordam berişdi”, deydi ona.

Asadbek Jöraboyevga oid ma’lumotlar: