Dastlab qo‘shnilarimiz - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kelgan mehmonlar va o‘zbekistonlik baykerlar «Xalqlar do‘stligi» maydonida to‘planib, umumiy fotosessiyada qatnashdi.




Shundan so‘ng, "Next" savdo majmuasi avtoturargohida homiylar, xususan Adrenaline Rush tomonidan tashkil qilingan shou va konkurslar bo‘ldi.


Shou davomida baykerlar Bo‘ka tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga unutilmas lahzalarni ulashdi.

Shuningdek, bolalarga homiylar tomonidan sovg‘alar ulashildi.
Tomoshabinlar va mototsiklchilar uchun tashkil qilingan konkurslar g‘oliblariga Adrenaline Rush tomonidan sovg‘alar ulashildi.


Tomoshabinlarda eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan chiqishlar - moto va avtodriftlar bo‘ldi.




Shuningdek, Adrenaline Rush tomonidan mehmonlar va qatnashchilar uchun bepul energetik ichimliklar taqdim qilindi.






















