Prezident Şavkat Mirziyoyev Abu Dabi şahrida Birlaşgan Arab Amirliklari yangi prezidenti Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon, taşqi işlar vaziri Abdulla ibn Zoid Ol Nahayon hamda boş vazir örinbosari, prezident işlari böyiça vazir Mansur ibn Zoid Ol Nahayon bilan uçraşib, ularga ta’ziya bildirdi.

Bugungi ta’ziya marosimida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif, Ummon sultoni Haysam bin Toriq, Isroil boş vaziri Naftali Bennet, jami 40 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari qatnaşdi.