Afsonaga köra, Dmitriy Mendeleyev tuşida kimyoviy elementlar jadvalini körgan. Omadmi, yoki tasodifmi? Aslo yöq: buning oldida buyuk olimning uzoq davom etgan maşaqqatli mehnati turadi. Mundoq olib qarasangiz, bizning hayot yöllarimiz ham tasodifiy emas. Ba’zida odam boşqa işni orzu qilmaydiganga öxşaydi, lekin uni topganida, u haqiqiy drayvni aynan şu joyda boşdan keçirişi mumkinligini anglab yetadi. Bu Beeline Uzbekistan brendini rivojlantiriş va marketing kommunikatsiyalari xizmatining rahbari Mariya Stroyevaning yöli. U kompaniyaga özi uçun kutilmaganda kelgan, deyiş mumkin. Lekin u mutlaqo öz joyiga tuşgani aniq edi. Kompaniyaning 15 yilligi munosabati bilan u eng yaxşi xodimlardan biri sifatida oltin nişonga sazovor böldi. Demak, bu voqealarning barçasi şunçaki tasodif bölmagan.
Taqdirli sayt
Köp hollarda, masalan, dökonga boriş butun hayotingizni özgartiradimi? Unday bölmasa kerak. Ammo Mariya Stroyevada şunga öxşaş narsa bölgan. Butun voqea u uydagi Internet-provayderini özgartirişiga qaror qilganidan boşlangan. Ma’lumot oliş uçun u şunçaki beeline.uz saytiga kirgan va tasodifan böş iş örinlari yorliğiga e’tibor qaratgan. Öşa paytda u brend menejyer bölib işlagan, u işini özgartirişni rejalaştirmagan ham edi, lekin şunçaki qiziqiş uyğongan: Beeline’da kimlarni qidirişmoqda ekan? Birinçilardan bölib röyxatda marketing kommunikatsiyalari guruhining rahbari lavozimiga vakansiya turar edi. Qiziquvçanlik tufayli Mariya şablon anketasini töldirdi. Öşa kuniyoq telefon jiringlab, uni suhbatga taklif qilişgani uni rosa hayratlantirgan!
Mariya öşa intervyuni heç qaçon unutmaydi: u nafaqat tört soat davom etgan, balki mahalliy rahbarlardan taşqari xalqaro kompaniyaning top-menejyerlari ham videohavola orqali boğlanişgan! Beeline Uzbekistan ofisidan faqat keçki soat töqqizda çiqib ketarkan, Mariya uni unçalik yuqori bölmasa-da, har holda rahbarlik lavozimiga taklif qilişlariga işonçi komil emasdi. Biroq uning nomzodi kompaniyaga töliq mos keldi. Işga qabul qiliş haqidagi qaror ertasi kuni çiqqan. “Öşanda men maoş haqida, har bir xodim kompaniyamizga işga kelganida oladigan ba’zi imtiyozlar haqida öylamagan ham edim. Fikrlarim faqat bir narsada edi: ular meni çaqirişdi, demak men köp narsaga qodirman! – deya Mariya Stroyeva öşa ondagi his-tuyğularini eslaydi.

Aytgança, Mariyaning birinçi iş kuni ham ğayrioddiy tarzda ötdi. Töğriroği, bu birinçi iş oqşomi bölgan. Oldingi jamoadan işlarni qabul qiliş uçun u ofisga soat 18:00 dan keyin kelar edi — kun davomida esa u eski joyda «işlarni tugatişi» kerak edi. Ammo 2011 yilning 22 sentabr kunida Mariya rasman Beeline Uzbekistan xodimiga aylangan.

Vaqt öziça ötganda
Mariya Stroyeva Beeline’ga guruh rahbari lavozimida qöşildi. Ammo jamoaga endigina kelib qöşilgan va öşa paytda jiddiy boşqaruv tajribasiga ega bölmagan odam uçun bu nimani anglatadi? Avvalambor barça jarayonlarga özi kirişişi, öz xatti-harakatlari tufayli muhim loyihalarni sekinlaştirmasligi uçun qanday işlaşni örganişi kerak edi. Bu “global tartibsiz” iş kuni davri edi, çunki doim ofisda keçgaça qolib ketişga töğri kelgan. Ammo qat’iyat va, albatta, hamkasblarning yordami öz işini qildi.

Sevimli «bolalarim»
Yangi tariflar, qöşimça xizmatlar, abonentlar uçun aksiyalar... “Beeline Uzbekistan” marketing jamoasi bozorga qança mahsulot çiqarganini hisoblaş qiyin. Va har bir loyiha öziga xos aksiya bilan birga böldi. Eng yaxşi yoki eng yorqin loyihani ajratib körsatsa böladimi? Mariya buni prinsipial jihatdan rad etadi: “Bu bolalarning qaysi biri eng sevimli ekanini aytişga öxşaydi. Barçasi sevimli! Har safar işingizga 100% özingizni bağişlaysiz”.
Bunday fikr sub’yektiv bölib tuyulişi mumkin, ammo marketing iş faoliyatini baholaşning aniq tizimiga ega. Har bir loyiha analitik tadqiqotlar bilan birga olib boriladi, hamma narsa ölçanadi: mijozlarning mahsulot haqidagi tasavvurlari, ularning ijodkorlik haqidagi tuşunçasi, media-kampaniyalarning samaradorligi, boşlangan reklama aksiyalarining daromadga ta’siri. Şunday qilib, Mariya Stroyevaga oltin mukofot juda obektiv mezonlar böyiça topşirildi.

Fan va san’at
Albatta, hayot faqat ğalaba va quvonçlardan iborat emas. Mariya ham qiyin bosqiçni boşdan keçirgan: uning eng yaqin insonining kasalligi olti yil davom etgan, tom ma’noda har kuni uning salomatligi uçun kuraşda ötgan. Har qanday vaziyatda jamoa yengiş uçun yordam bergan. “Men hamkasblarim va rahbarlarimdan çeksiz minnatdorman. Men ularning birortasini ham nomini alohida ta’kidlamayman, çunki bu qolganlarga nisbatan notöğri bölardi. Lekin hozir kim haqida gapirayotganimni odamlarning özlari tuşunadi. Sizlarga taşakkur, azizlarim! Umuman olganda, Beeline’ning kuçli tomoni şundaki, bizning kompaniyamiz kuçli jamoalarni yaratişga qodir, bu yerda boşliqlar va böysunuvçilar yöq – umumiy maqsadlarga ega hamkasblar bor. Va ularning öz işlariga bölgan umumiy muhabbatidir. Va siz özingiz yoqtirgan narsani bajarasiz, bu "muvaffaqiyat kimyosi", deydi Mariya Stroyeva.

Qanday qilib baxtli böliş mumkin?
Marketing kommunikatsiyalarida kamdan kam dam oliş kunlari iş bilan boğliq muammolarni hal qilmasdan, biznes poçtasiga elektron xatlar yoki ZOOM uçraşuvlarisiz ötadi. Ammo Mariya uçun bu taniş ritm. Uning sözlariga köra, faqat boşqa turdagi işlar bu işlardan çalğitişga yordam beradi. Agar u baribir "miyasini dam oldirtirmoqçi" bölsa, ba’zi hiylalarni işlatadi - tabiatdagi, toğlardagi "kuç-quvvat maskanlari"ga taşrif buyuradi. Yoki qizaloği Saşa bilan muloqot qilib, "ösmirlik tölqiniga ötişi" mumkin. "Bu mening eng yoş dugonam. Uning sevimli maşğulotlari, qiziqişlari, suhbatlari ba’zi narsalarga munosabatimni özgartiradi. Yana, men özim uçun eng yaxşi erkakning sevimli ayoliman. Biz birga baxtlimiz!” — deydi Mariya.

...Ön yil muqaddam kompaniya xodimlari özga yurtga köçib ketayotgan bir xodimni kuzatişgan. Hamkasblariga birga ötkazgan yillar uçun çin dildan minnatdorçilik bildirganidan söng, u tabassum bilan şuni qöşib qöygan: "Beeline’dan keyin yölbarslarni dressirovka qiliş mumkin!" Beeline Uzbekistan’ga endigina işga kelgan Mariya Stroyeva bu sözlarni abadiy eslab qolgan. Endi, şaxsiy tajribasiga asoslanib, u ularning asl ma’nosini tuşuntirişi mumkin: “Biz bozorda birinçilardan bölib köp narsalarni amalga oşiramiz. Bu katta jasoratni, ba’zan esa tavakkal qiliş qobiliyatini talab qiladi, garçi bu xavf ortida har doim aniq hisob-kitoblar tursa ham. Bir söz bilan aytganda, siz şunday işlaysizki, bundan keyin yölbarsning qafasiga kiriş ham siz uçun qörqinçli bölmaydi. Bu kuçni özimda his qila olganimdan xursandman. Albatta, bu sizni uyda örab turgan sokin oilaviy baxt emas, lekin u ham – haqiqiydir. Yoş hamkasblarimga maslahatim: harakat qiling, jasorat qiling, özgarişlardan va innovatsion yeçimlardan qörqmang - şunda sizning işingiz albatta sevimli işga aylanadi!”












