XTV maktab ta’miri uchun ota-onalardan pul yig‘ish noqonuniy ekanini eslatdi
Maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash va infratuzilmasini yaxshilashga mahalliy hokimliklar mas’ul sanaladi, ota-onalardan majburiy pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmaydi, deb ma’lum qildi Xalq ta’limi vazirligi.

Foto: KUN.UZ
“O‘quv yilining so‘nggi kunlarida ota-onalardan maktab ta’miri uchun pul yig‘ilayotganligi yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Prezidentning tegishli farmon va qarorlarida umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta’mirlash va infratuzilmasini yaxshilashga mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Qonunchilikda umumiy o‘rta ta’lim olish bepul ekanligi kafolatlanganini inobatga olib, maktablardagi har qanday majburiy yig‘imlar noqonuniy ekanligini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlik agarda maktablarda noqonuniy pul yig‘ish holatlariga duch kelinsa, 71 202-09-09 ishonch telefon raqamiga xabar berishni so‘ramoqda.
Qayd etilishicha, maktablarga beg‘araz homiylik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar buni qonuniy yo‘l bilan, ya’ni homiylik mablag‘larini maktabning hisob raqamiga o‘tkazgan holda rasmiylashtirishlari mumkin. Hozirgi kunda maktablarda Kuzatuv kengashlari faoliyat yuritmoqda. Kuzatuv kengashiga o‘quvchilarning ota-onalari, sobiq bitiruvchilar, o‘qituvchi va boshqalar saylanishi mumkin. Kuzatuv kengashi a’zolari budjetdan ajratilgan hamda qo‘shimcha ishlab topilgan mablag‘larni samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vakolatiga ega.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:21
-
Toshkent shahar hokimligi yuridik boshqarmasi yuriskonsulti 70 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:11
-
Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 3,5 mlrd yevrolik yordam oldi
Jahon | 12:03
-
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
O‘zbekiston | 11:38
Mavzuga oid

12:09 / 16.09.2024
Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida ta’mirlash ishlari qurilish joyi o‘rab olinmay qilinyapti

10:45 / 23.08.2024
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJga moliyaviy jarima qo‘llandi

13:21 / 21.05.2024
Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 26 maygacha yopiq bo‘ladi

20:25 / 20.05.2024