Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş, Moliya hamda Energetika vazirliklari energetika sohasini isloh qiliş masalalari böyiça qöşma press-reliz e’lon qildi.

Ma’lum qilinişiça, talabni töliq qondirişga erişiş maqsadida energiya resurslari bozorini bosqiçma-bosqiç isloh qiliş rejalaştirilmoqda. Yaqin kunlarda tegişli hujjat loyihasi muhokamaga çiqariladi.

Qöşma axborotga köra, islohotlarning ötiş davrida ehtiyojmand aholi qatlamlarini ijtimoiy himoya qiliş mexanizmlari joriy etiladi. Energoresurslarga ijtimoiy norma kiritilib, normadan ortiq miqdorda işlatilgan energiya erkin bozor narxida sotiladi.

“Sönggi 5 yilda Özbekistonda elektr energiyasini işlab çiqariş hajmi 61 mlrd kVt soatdan 72 mlrd kVt soatga yoki 1,2 barobarga oşdi. Bunda aholi iste’moli uçun yetkazib berilgan elektr energiyasi 11 mlrd kVt soatdan 16 mlrd kVt soatgaça yoki 1,5 barobarga ösdi.

Şunga qaramasdan, yetkazib beriş infratuzilmasi bilan boğliq muammolarning mavjudligi hisobiga 2021 yilda respublika böyiça elektr energiyasiga qondirilmagan talab hisob-kitoblarga köra 2-3 mlrd kVt soatni taşkil etadi”, – deyiladi vazirliklar bayonotida.

Bayonotda energetika islohotini zaruratga aylantirayotgan omillar sanab ötilgan.

Tabiiy gaz: talab va ta’minot oşişi bilan xarajatlar ham oşmoqda

Qayd etilişiça, issiqlik elektr stansiyalaridagi energobloklarning aksariyati 25 yildan ortiq muddatda foydalanib kelinmoqda, ularning foydali iş koeffitsiyenti past (25-35%) va zamonaviy buğ-gaz uskunalariga (foydali iş koeffitsiyenti– 55-60%) qaraganda 2 baravar köp yoqilği sarflaydi.

Şu bilan birga, sönggi uç yilda: