Norma’ning yozişiça, prezidentning “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini taşkil etiş töğrisida”gi qarori bilan Toşkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasterini taşkil etiş nazarda tutilgan.
Klaster öz içiga öz infratuzilmasiga ega bölib, unga ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar, öquv-ilmiy laboratoriyalari va vivariylar, farmakopeya markazi, mehmonxonaga ega simpoziumlar markazi, talabalar, öqituvçilar va çet ellik xodimlar uçun turar joy, sport-soğlomlaştiriş majmuasi, suv havzasi va stadion kiritilgan Farmatsevtika texnik universitetini taşkil etişni oladi.
Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:
- dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika işlab çiqariş, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boşqariş sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaş;
- farmatsevtika tarmoğida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va modernizatsiya qilişga yönaltirilgan innovatsion va samarali ta’lim dasturlari va öqitiş şakllarini joriy etiş;
- ta’lim va fanning uzluksizligi va uzviyligi, şuningdek, ularning jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga integratsiyalaşuvi hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişni amalga oşiriş;
- farmatsevtika ta’limi, fan va işlab çiqarişning yaqin integratsiyasi uçun şart-şaroitlar yaratiş va boşqalar.
Klasterning öquv qismini yaratiş böyiça loyihani moliyalaştiriş uçun Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantiriş va hamkorlik jamğarmasi (EDCF) Özbekistonga 40 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan 83,7 mln dollar miqdorida kredit taqdim etdi.
Universitetda ta’lim jarayoni 2022/2023 öquv yilidan boşlanadi hamda bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul qiliş şartlari, ta’lim oliş şakli va ta’lim tili hamkor universitetlar bilan kelişgan holda aniqlanadi.













