Qömita xabariga köra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekiston Respublikasining taşqi savdo aylanmasi 17,2 mlrd AQŞ dollariga teng böldi.
Qayd etilişiça, bu ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 6,5 mlrd AQŞ dollariga yoki 61,2 foizga oşgan.
Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, taşqi savdo aylanmasida eksport 7,1 mlrd dollarni taşkil qildi.
Eksport tarkibida mahsulotlar 6,2 mlrd dollarni, xizmatlar esa 837 mln dollarni olib kelgan.
Bundan taşqari, taşqi savdoda import hajmi 10,1 mlrd dollarni taşkil etdi. Bunda, mahsulotlar – 9,4 mlrd dollar, xizmatlar – 727 mln dollar.
Şuningdek, taşqi savdo aylanmasida saldo -3 mlrd dollarga teng böldi.












