Uşbu tadbir respublikamiz viloyatlarida va Qoraqalpoğiston Respublikasida 2-marotaba taşkil etilmoqda. Festival doirasida ötkaziladigan tadbirlar hamda uni taşkil etişda amalga oşiriladigan işlar yuzasidan işlab çiqilgan dasturda har bir hududning ijtimoiy holat va qadriyatlari hisobga olindi.

Foto: Ma’naviyat festivali

Festival davomida “Ma’rifat soati”, “Oila – ma’naviyat qörğoni”, “Ayolga ehtirom”, “Mening farzandim – Özbekiston faxri”, “Ziyolilar forumi”, “Inson qadri”, “Zukko bolajon”, “Teatrlar haftaligi”, “Ma’rifat tur”, “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihalari taşkil etiladi.

“Uçinçi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari!” mavzusida konferensiya, kitobxonlikni keng tarğib qilişga qaratilgan “Ma’rifat ulaşib”, “Qadrdon maktabimga kitob sovğa qilaman” aksiyalari, yozuvçi va şoirlar bilan ijodiy uçraşuvlar, “Ma’rifat soatlari” ham bölib ötadi.

Bundan taşqari, “Milliy qöşiqlar va maqom”, “Vatan madhi”, “Baxşilar tarannumida” nomli konsert dasturlari, “Oila – ma’naviyat qörğoni” nomli psixologik suhbatlar hamda “Ma’rifat ziyo” platformasi taqdimoti bölib ötadi.

Mazkur festivalda 18 ta loyiha doirasida 252 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ötkazilişi va 3 millionga yaqin aholini qamrab oliş közda tutilgan. Tadbirlar joriy yilning may oyidan boşlanib, yil yakuniga qadar davom etadi. Festival Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, "Ma’rifat" tarğibotçilar jamiyati va boşqa taşkilotlar hamkorligida ötkaziladi.

“Ma’naviyat festivali” tadbirlarida keng tarğibot işlarini amalga oşiriş uçun barça viloyatlar, Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston respublikasidan 500 nafarga yaqin pedagoglar, professorlar, huquqşunoslar, psixologlar, san’at va madaniyat xodimlaridan iborat faol tarğibotçilar guruhi iş olib boradi.