Raiyat örtasidagi uzviy mehr-muhabbat, özaro işonç, ma’murçilik va farovonlikka erişişga intiliş hissini yanada takomillaştiriş borasidagi ezgu va baxayr ibratli fazilatlarni töla namoyon qila oladigan yengilmas kuç bu MA’NAVIYaT hisoblanadi. Baayni Respublikamiz böylab qutluğ safarga otlangan “Madaniyat karvoni” joylarda “Ma’naviyat festivali” doirasida köplab keçiktirib bölmas xayrli işlarni amalga oşirişga muvaffaq bölayotgani alohida e’tirof etişga loyiq hayotiy jarayondir. Muayyan asoslarga ega tizimli ijtimoiy loyihalarni qöllaş va ma’rifiy tadbirlarni amalga oşiriş davomida ham ana şu jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har bir hududga köplab taniqli olimlar, ziyolilar, ijodkorlar hamda san’at ahli jalb etilib, ular guruhlarga bölinib, respublikamizning eng çekka qişloq, ovullarigaça borib, mahalliy aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar uyuştirib, ularning öy-taşvişlari, quvonç-u yutuqlariga şerik bölişib, barça jabhalarda hamdard-u hammaslak bölişmoqda.
Binobarin, odamlar qalbiga iliqlik olib kirayotgan, el-yurtda ilm-ma’rifat nurlarini yanada keng tarğib etib, ziyolilarni ma’nan birlaştirayotgan “Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz” şiori ostida ötkazilayotgan “Madaniyat karvoni” hamda “Ma’naviyat festivali”ning navbatdagi manzili Navoiy viloyati böldi. Poytaxtdan yöl olgan 150 nafardan ortiq ziyolilar, ijodkorlar, san’atkorlar Navoiy şahar temiryöl vokzalida tantanali ravişda kutib olindi. Şundan söng tarğibotçilar viloyatdagi 326 mahalladagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda iştirok etiş uçun belgilangan manzillarga yöl olişdi.
Festivalning dastlabki kuni Navoiy şahridagi fayzbaxş "Alişer Navoiy boği" dam oliş majmuasida “Ma’naviyat kubogi” loyihasi doirasida “Soğliq uçun 5000 qadam” marafoni taşkil etildi. Unda 2000 nafardan ortiq mahalliy aholi vakillari iştirok etdi.
Mavzuga oid
Şuningdek, mazkur loyihada sportning minifutbol, şaxmat, şaşka turlari böyiça ham musobaqalar ötkazildi. Minifutbolda Xatirçi tumani jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi. Barça sovrindorlarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati tomonidan esdalik sovğalar hamda diplomlar topşirildi.
Şu kuni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati hamkorligida taşkil etilgan “Kitob karvoni” loyihasi ham adabiyot muhiblarini xuşnud etdi. Çunonçi, aholi örtasida kitobxonlik madaniyatini oşiriş, yoş avlod ong-u şuurida maroqli mutolaaga bölgan iştiyoq va mehrni yuksaltiriş maqsadida jahon va özbek adabiyoti durdonalaridan iborat 10 mingdan ziyod ilmiy va badiiy asarlar ortilgan avtokarvon viloyatning barça tuman va şaharlari tomon yöl oldi.
Şuningdek, Navoiy şahrining körkam va öktam obidalaridan biri — “Farhod” madaniyat saroyida "Özbekiston Qahramonlari” kitob-albomi taqdimoti hamda “Mening farzandim — Özbekiston faxri” loyihasi böyiça ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi. Unda Navoiy zaminidan yetişib çiqqan Özbekiston Qahramonlarining Vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi, farzandlar ta’lim-tarbiyasi yölida baxşida bölgan şarafli umr yöllari haqida muxtasar töxtalib, qahramonlar va ularning oila-a’zolariga çuqur va samimiy minnatdorçiliklar bildirildi. Şuningdek, turli sport va fan olimpiadalari sovrindorlari bölgan hududdagi 11 nafar eng faol, intiluvçan, iste’dodli yoşlar hamda ularning ota-onalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati tomonidan taqdirlandilar.
Navoiy viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi anjumanlar zalida va Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetida120 nafar maktablardagi Ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçilar, oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ullari, olimlar, professor-öqituvçilar iştirokida joylardagi tarğibotçilarning jamiyatdagi örni va nufuzini oşiriş maqsadida “Ziyolilar forumi” va “Ma’naviyat. Asosiy tuşunçalar luğati” kitobi taqdimoti ham bölib ötdi.
Qiziltepa va Nurota tumanlarida ötkazilgan «Yaşil makon» loyihasi doirasida mingga yaqin yangi daraxt köçatlari ötqazildi.
Bulardan taşqari, Karmana va Xatirçi tumanlarida oilaviy ajrimlarning oldini oliş, erta turmuş qurişning salbiy oqibatlarini tarğib etiş, tazyiqqa uçragan xotin-qizlarga ruhiy kömak berişga qaratilgan “Oila — ma’naviyat qörğoni” loyihasi böyiça tadbir bölib ötdi. Unda har xil kelişmovçiliklar tufayli jar yoqasiga kelib qolgan oilalarda ijtimoiy muhitni yaxşilaş yuzasidan tajribali mutaxassislar tomonidan zarur yöl-yöriqlar körsatildi.
Söngra Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati faollari, mas’ullar, viloyat mutasaddilari, ijodkorlar va san’atkorlar Navoiy viloyat bolalar köptarmoqli tibbiyot markaziga taşrif buyurişdi va şifotalab bolajonlarga 250 dan ortiq yumşoq öyinçoqlar, badiiy kitoblar sovğa qilişdi. Şuningdek, Konimex tumanida uyida davolanayotgan nuroniylar holidan ham xabar olindi. Muhimi, mazkur loyiha davomida xastalik bilan kuraşayotgan köplab hamyurtlarimizning kayfiyati kötarildi, lablaridagi mayin tabassum alomatlari taftli mehr riştalari bölib qalblardan qalblarga köçdi. Undan keyin “Ma’naviyat festivali” doirasidagi “Inson qadri uçun” loyihasi böyiça Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialida davolanayotganlar huzurida öz ijodlari va san’atlarini namoyiş qilişib, mehrga muhtoj insonlarning köngillarini xuşnud etişdi.
Aytiş kerakki, “Ma’rifat tur” loyihasi ham aholi tomonidan iliq kutib olinmoqda. Mazkur loyiha davomida “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan oila vakillaridan 60 nafardan ortiği Qiziltepa tumanidan Buxoro şahri tomon yöl olişdi. Ular “Ark”, "Minorai Kalon", "Abdullaxon madrasasi" hamda qadimiy Bolohovuz masjidini ziyorat qilişdi. Şu bilan birga festival iştirokçilari Yakkatom mahallasida joylaşgan “Xöjakalon Abdulmoniy” ziyoratgohida ham bölişdi. Ular qadim Axsikent oid topilgan osori-atiqalar jamlangan muzey faoliyati bilan tanişdi.
Konimex, Tomdi tumanida farzandlarimizni milliy ğurur, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ma’naviy me’rosimizning nodir namunalari, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va aholi orasida tarğib etiş maqsadida “Milliy qadriyatlar” haftaligi ham ötkazildi.
Markaziy harbiy okrugning 20022 harbiy qismida, Ğozğon şahridagi “Premier Textile” fabrikasi, “Marmarobod”MÇJ, Qiziltepa tumani “Toşrabot tekstil” fabrikasida “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zolari iştirokida “Ma’rifat soatlari” ötkazildi.
“Madaniyat karvoni”, “Ma’naviyat festivali”ning navbatdagi manzili Qiziltepa tumanidagi 10-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida “Zukko Bolajon” fotoalbomi taqdimoti bölib ötdi.
Navoiyliklar, ayniqsa, Kinomatografiya agentligi tomonidan amalga oşirilayotgan “Kinokarvon” loyihasini katta qiziqiş bilan kutib olişdi. Kinokarvon doirasida “Baron-2. Soğinç”, “Vatan ostonasida”, “101 reys”, “Ayolqismati”, “Meros”, “Bir kunlik töy” kabi 11 nomdagi badiiy va hujjatli filmlarning namoyişlari ötkazildi. E’tiborli jihati esa mazkur jarayonda elimiz suygan san’atkorlar, kinoijodkorlar iştirok etib, ijodiy uçraşuvlar taşkil etmoqda.
E’tirof etiş kerakki, navoiyliklar mumtoz qöşiqlarimizni ham, bugungi adabiyotimizni ham yaxşi öqib-örganganligi ularning muloqotlarida yaqqol sezilib turdi. “Ma’naviyat festivali” doirasidagi uşbu loyiha ham mahalliy aholi vakillarini juda xursand qildi. Tadbirlarda poytaxtdan taşrif buyurgan ilm-fan, adabiyot, san’at, madaniyat namoyandalari faol iştirok etişdi.