"Madaniyat karvoni" va "Ma’naviyat festivali" barçani ezgu maqsad yölida birlaştirmoqda.



Prezidentimiz taşabbusi bilan respublikamiz böylab ötkazilayotgan “Madaniyat karvoni” hamda “Ma’naviyat festivali” bugunga kelib köpçilikning qalbidan joy oldi, desak heç mubolağa bölmaydi. Har bir hududda 150 nafardan ortiq olimlar, ziyolilar, ijodkorlar, san’at ahli, kinoaktyorlar eng çekka qişloq, mahallalarda bölib, odamlar bilan yuzma-yuz suhbatlaşmoqda. Ularning dardu taşvişlari, quvonç-u yutuqlariga şerik bölişib, hamdard-u hammaslak bölayotgani aholining kayfiyatini kötarayotgani ham rost gap. Aytiş kerakki, bunda yurtdoşlarimiz orasida özaro mehr riştalari boğlanmoqda, yuraklarga ezgulik kurtaklarini qadamoqda. Zero, odamlar qalbida yuksak insoniy fazilatlar, ilm-ma’rifat, mehr-saxovat, hamjihatlik, birdamlik kabi tuyğular kurtak yozganining özi ma’naviyatdir.
Ana şunday hayotbaxş maqsadlarni közlagan “Madaniyat karvoni” va “Ma’naviyat festivali”ning navbatdagi manzili Namangan viloyati böldi. Kuni keça 200 nafarga yaqin ziyolilar, aktyorlar, şoir va yozuvçilar Pop tuman temiryöl vokzaliga yetib kelişdi, tarğibotçilar tantanali ravişda kutib olindi.





Festivalning dastlabki kuni “Kitob karvoni” loyihasi amalga oşirildi. Kitobxonlik madaniyatini oşiriş, yoş avlodda mutolaaga bölgan iştiyoq va mehrni yuksaltiriş maqsadida jahon va milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat 8 mingdan ziyod kitoblar viloyatning barça tuman va şaharlari tomon yöl oldi.
Tadbir davomida qator tanlovlar sovrindorlari taqdirlanib, ularga kitoblar jamlanmasi va esdalik sovğalari topşirildi.






















































