«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, agentlikning Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi ayrim kuzatuv stansiyalarida 21 may kuni shamolning maksimal kuchi 25 metr/sekundga yetgan.

Zarafshon kuzatuv stansiyasi mahalliy vaqt bilan soat 14:05da kuchli chang bo‘roni kuzatilayotgani va ko‘rinuvchanlik 500 metrgacha pasayib ketgani haqida xabar bergan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, kuchli shamol va chang bo‘ronlari Navoiy viloyatining Navoiy shahar, Qiziltepa, Karmana va Navbahor tumanlarida, Buxoro viloyatining Buxoro shahri va G‘ijduvon, Peshko‘, Romitan tumanlarida, Samarqand viloyatininng Paxtachi tumanida hamda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hududilarida ham kuzatilgan. Bu tabiat xodisasi oqibatida talofatlar bo‘yicha hududiy FVBlariga va hamkorlikdagi xizmatlarga murojaatlar kelib tushmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda turli hududlarda kuzatilgan chang bo‘ron hodisalarining tasvirlari tarqalmoqda.

Navoiy viloyatining g‘arbiy cho‘l hududlaridan chang-qum bo‘ronlari

Chang va qum bo‘ronlari dastlab Qizilqum cho‘l hududlarida kuzatilgan. G‘arbdan sharqqa – Navoiy viloyati va Buxoro shaharlariga tomon harakatlangan.

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida kuchli shamol