Nasrulla Boboyev Toşkent viloyati Bekobod şahriga hokim etib tayinlandi.
N.Boboyev 1985 yilda Bekobod şahrida tuğilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005 yilda Toşkent arxitektura va quriliş institutini bakalavr (kunduzgi), 2007 yilda mazkur oliygohning magistrligini (kunduzgi) tamomlagan.
U 2021 yil martidan quriliş vaziri örinbosari bölgan, 2022 yil 23 mayida boşqa işga ötayotgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.

Ma’lumot uçun, Bekobod şahrining avvalgi hokimi Zafar Jorullayeviç Fayzullayev bu lavozimda 2017 yil iyunidan buyon işlab kelayotgandi. Unga 2020 yil avgustida Özbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma töqqiz yilligi munosabati bilan «Döstlik» ordeni berilgandi.
2022 yil 12 may kuni u feysbukdagi sahifasi orqali lavozimini tark etganini ma’lum qilgandi.
«Hurmatli hamşaharlar, döstlar. Bugun mening Bekobod şahar hokimi sifatida vakolatim yakuniga yetdi.
Bu buyuk şaharga rahbar etib tayinlaganlari uçun hurmatli Prezidentimiz Şavkat Miromonoviçga çeksiz hurmatimni va minnatdorligimni bildiraman. Şu 5 yil davomida hurmatli Prezidentimiz doim öz mehrlarini Bekobod şahriga va uning mehnatkaş aholisiga bildirib keldilar. Qilingan işlarni sanab çiqsak, qoğozlar tom-tom bölib ketadi.
Men barça bekobodliklarga hurmatimni bildirib, ularning hayotlarida omad va saodat tilayman.
Men ham qölimdan kelgança sizlar bilan işlab, yaşab, şu yerning suvini içib, havosidan nafas olib, tuzini yeb, faoliyat körsatdim. Barçangizga sihat-salomatlik, omad tilayman. Yöl qöyilgan kamçiliklarim uçun sizlardan uzr sörayman. Xayr!» – deya yozgandi sobiq hokim.








