Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Özbekiston-Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş, ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Ötgan yil noyabr oyida Moskva şahrida ötgan oliy darajadagi uçraşuvda erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil boşidan faol muloqotlar va özaro taşriflar sur’ati oşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mart oyi oxirida birinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi hamda aprel oyida Özbekiston poytaxtida yangi mintaqaviy formatda taşkil etilgan «Innoprom» xalqaro sanoat körgazmasi doirasida ikki tomonlama tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazildi.
Sanoat kooperatsiyasi böyiça ustuvor loyihalar davom ettirilmoqda. Joriy yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş hajmi 40 foizga oşdi.
Gumanitar hamkorlikka doir, şu jumladan ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, turizm va sport sohalarida muhim dasturlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston va Rossiya yetakçilari işbilarmon doiralar örtasidagi kooperatsiya aloqalarini çuqurlaştiriş va hududlararo aloqalarning katta salohiyatidan samarali foydalaniş muhimligini qayd etdilar.
Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.
Ikki mamlakat prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek oçiqlik, işonç va döstonalik ruhida ötgan.











