23 may kuni tadbirkorlar Dilmurod Parpiyev va Tohir Şaripov “Trastbank”dagi uluşlarini oşirib, ularning har biri 8,3 foizdan qöşimça bank aksiyalarini xarid qildi. Bu haqda “Toşkent” respublika fond birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Moliya vazirligi ma’lumotiga köra, birjadan taşqari tuzilgan bitim qiymati 231,5 mlrd sömni taşkil qilgan. Hozirda Dilmurod Parpiyev 130 396 509 dona, Tohir Şaripov esa 130 396 507 dona aksiyaga egalik qilmoqda. Ularning “Trastbank” aksiyalaridagi umumiy uluşi esa 23,27 foizga yetgan.
Bank hisobotida qayd etilişiça, 2021 yilda bankning sof foydasi 44,3 foizga oşib, 433,8 mlrd sömga yetgan.
Dilmurod Botiroviç Parpiyev Davlat soliq qömitasining sobiq raisi, sobiq mahalla vaziri Botir Parpiyevning öğli bölişi mumkin. Internetdagi qator manbalarda Botir Parpiyevning Dilmurod ismli tönğiç öğli borligi körsatilgan.
Gazeta.uz'ning yozişiça, Dilmurod Parpiyev va Tohir Şaripov “Trastbank”ning yirik aksiyadorlari böliş bilan bir qatorda, boşqa bir qança loyihalarda ham katta uluşga ega. Xususan, Procab kabel va sim mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonaning ham 52,2 foiz uluşiga uşbu ikki tadbirkor egalik qiladi.
Şuningdek, Procab (60,7 foiz) va “Trastbank”ning Trast Leasing kompaniyasi (26 foiz) poytaxtning Qöyliq bozorini köçiriş rejalaştirilgan Food City Tashkent savdo majmuasi ta’sisçilari sifatida ham qayd etilgan.
Bundan taşqari, Dilmurod Parpiyev va Tohir Şaripov teng uluşlarda (har biri 50 foiz) Inco-Construction (Inco kompaniyalar guruhi),












