Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun bank yoki poçta kassalari orqali tölov amalga oşirilganda, asossiz ravişda komissiya puli olib qolinayotgani yuzasidan e’tirozlar bildirildi. Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan tekşiruv ötkazilgan.

Aniqlanişiça, “Ipoteka bank” viloyat filiallari tomonidan aholidan kommunal xizmatlari uçun tölovlarni bank kassalari orqali amalga oşirilganda, uşbu tölovlar summasiga nisbatan, qöşimça 2 000 söm komissiya puli undiriş holatlari kuzatilgan.

Tahlil natijalariga köra, mazkur bankka nisbatan iş qözğatilib, iste’molçilardan undirilgan mablağlarni belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilib beriş böyiça körsatma berilgan.

Vaziyat yuzasidan Moliya vazirligidan olingan xulosaga köra, aholi uçun belgilangan elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari bank xizmatlari xarajatlarini inobatga olgan holda şakllantirilgan. Şunga muvofiq, “Hududgazta’minot” va “Hududiy elektr tarmoqlari” tijorat banklari bilan kelişuv bitimini imzolab, bank xizmatlari uçun ustama haqini öz tuşumi hisobidan amalga oşirişi lozim bölgan. Ammo ta’minotçi taşkilotlar bilan tijorat banklari örtasida kelişuv bitimlari tuzilmaganligi sababli, iste’molçilar bir xizmat uçun ikki marotaba haq tölaşga majbur bölişgan.

Şu bilan bir qatorda, ayrim tijorat banklari ustama haqni ta’minotçi taşkilotlardan şartnomalar asosida qoplab kelayotgan bölişiga qaramasdan, qöşimça ravişda iste’molçilardan ham tölovlar undirib kelgan.