Komil Allamjonovning yozişiça, «Ozod Yevropa Radiosi / Radio Svobodnaya Yevropa («Ozodlik radiosi») mediakorporatsiyasi prezidenti va boş ijroçi direktori Jyeymi Flay va «Ozodlik»ning özbek xizmati boş muharriri Pahlavon Sodiq bilan navbatdagi, ammo yuzma-yuz uçraşuv ötkazilgan.
Ma’lum qilinişiça, uçraşuvda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan va har ikki tomon uçun dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşilgan.

Ma’lumot uçun, «Ozodlik radiosi» bir qança Şarqiy Yevropa mamlakatlari hamda MDH respublikalariga eşittirişlar olib boruvçi xalqaro radiostansiyadir. «Ozodlik radiosi» 28 tilda, şu jumladan, özbek tilida ham işlaydi.
Radioga sovuq uruş paytida kommunizmga qarşi stansiya sifatida Germaniyaning Myunxen şahrida asos solingan. 1949 yildan 1995 yilgaça stansiyaning asosiy binosi şu yerda bölgan. 1995 yil stansiyaning markazi Çexiya poytaxti Pragaga köçirilgan.

Bundan oldin Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov Özbekiston matbuot erkinligi indeksida 133-öringa çiqqaniga munosabat bildirgandi.









