30 sentabr kuni federal sudya Tramp ma’muriyatining rejalariga qarşi çiqib, şunday qarorga keldi.
Sud Global media agentligiga öz tizimidagi töliq ştatda işlovçi 532 ta budjet xodimlarini qisqartirişni taqiqladi.
Sud, şuningdek, agentlikka “Amerika ovozi” direktori Maykl Abramovitsni işdan böşatişni ham man etdi.
Uşbu iş böyiça suddagi huquqiy jarayonlar davom etadi.
Ma’lumot uçun, AQŞ Kongressi 2025 moliya yilida Global media agentligiga 875 mln dollar ajratgan va şundan 260 mln dollari “Amerika ovozi”ga yönaltirilişi kerakligi belgilangan.
Mart oyida prezident Donald Tramp farmon çiqarib, agentlikka asosiy faoliyati va xodimlarini minimum darajagaça kamaytirişni buyurdi. Bir kun ötib, “Amerika ovozi” efirlari 83 yil içida ilk marta töxtab qoldi. Agentlik özining deyarli barça xodimlarini ta’tilga çiqarib yuborgan.

















