O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tarixiy ahamiyatga ega Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.

Bundan tashqari, hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 11 ta hujjat imzolandi.

Jumladan:

  • Sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • madaniyat vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekistonning Jizzax viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • Atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Ipakchilik tarmog‘ida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.