
Özbekiston valutasi sömning grafik ramzini işlab çiqiş böyiça ötkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi va Sarvar Jumagaldiyev tomonidan işlab çiqilgan grafik belgi tanlab olindi.
Internet foydalanuvçilarining e’tibor qaratişiça, söm ramziga aylanişi kutilayotgan belgi 1998 yilda asos solingan va Fransiyaning Lion şahrida faoliyat olib boruvçi “In-Core Systèmes” kompaniyasining logotipidan deyarli farq qilmaydi.

Şuningdek, Tailandda taşkil etilgan “Union Language School” logotipi ham tanlovda ğolib çiqqan belgiga juda ham öxşaş.

Yana bir qança xorijiy kompaniyalar, xususan 2012 yilda Hindistonda oçilgan “Logic Square Technologies” onlayn platformasi ham şunga öxşaş logotipga ega.

Qator kanallarda Özbekistondagi “Ma’no Branding” agentligi konkurs doirasida taqdim etgan variantlar ham eslanmoqda.

“Agentlik şunçaki çizmalarni emas, balki butun jarayon tasvirlangan uzun va batafsil hujjatni körsatdi. Unda valuta belgilari tarixi, turli davlatlardagi holat, öxşaşliklar, qoidalarni örganiş kabi tadqiqot, agentlik çizgan variantlarga xalqaro ekspertlarning izohlari va variantlarning bir qança joylarda işlatiliş uslublari, ularning özaro kuçli va kuçsiz taraflari keltirilgan”, deyiladi izohda.
Bundan farqli, Markaziy bank faqat yangi belgining özini e’lon qiliş bilan çeklangan.








