Yevropadagi eng yirik kema halokati: 852 kişi ölimiga sabab bölgan hodisa qanday sodir bölgandi?
|16:43 / 05.06.202235 44112 min
1994 yilda Boltiq dengizida ekipaj a’zolari bilan birga qariyb ming kişi bölgan parom halokatga uçraydi. Oqibatda u çökib ketadi. Paromda bölganlarning faqat 138 nafarini qutqarib qolişadi.
Tarixda dengiz flotlari bilan boğliq köplab halokatlar sodir bölgan va ularda minglab odamlar halok bölgan. Şu jumladan, kemalar ança takomillaşgan va mukammal qilib qurilgan XX asrda ham. Ana şunday halokatlardan biri 1994 yilda Boltiq dengizida sodir böladi.
1994 yil 28 sentabr kuni 186 nafar ekipaj a’zosi va 803 nafar yölovçisi bölgan Estoniyaga tegişli «Estonia» paromi Tallindan Şvetsiya poytaxti Stokholmga ketayotganda halokatga uçraydi. Oqibatda parom Boltiq dengiziga çökib ketadi. Hodisada 138 kişi tirik qoladi. Qolganlar halok böladi.
Qutqaruvçilar tomonidan suvdan olib çiqqan insonlarning aksariyati halok bölgandi. Şuningdek, noqulay ob-havo tufayli köpçilikning jasadini topişning imkoniyati bölmaydi. Öşanda jami 852 kişi halok böladi va bedarak yöqoladi.
«Estonia» paromi
«Estonia» paromi 1980 yilda Şvetsiyaning «Viking Line» kompaniyasi buyurtmasi asosida yasalib suvga tuşirilgan va «Viking Sally» nomi berilgan. 1986 yilda parom Finlandiyaning «Silja Line» kompaniyasiga sotilgaç, nomi «Silja Star» deb özgartiriladi. 1991 yilga kelib paromga «Wasa Line» kompaniyasi egalik qila boşlaydi.
1993 yilda Şvetsiyaning «Nordström & Thulin» va Estoniyaning «Estonian Shipping Company» davlat kompaniyasi hamkorlikda paromni sotib olişadi va nomini «Estonia» deb özgartirişadi.
Foto: sindonews
Paromning uzunligi 157 metr, eni 24,2 metr bölib, u turli yuklarni taşişga moslaşgan, bundan taşqari 1190 nafar yölovçi örniga ham ega bölgan.
1994 yil 27 sentabr keçki payt parom Tallin portidan Stokholmga qarab yölga çiqadi. Katta tezlikda harakatlangan parom yarim tunda özi bilan oldinma keyin ketayotgan Finlandiyaning Mariella paromi radarlaridan yöqolib qoladi.
Şundan söng Mariella paromi ekipaj komandiri qirğoq qutqaruv xizmati bilan boğlanib, «Estonia» paromining halokatga uçragan bölişi mumkinligi haqida xabar beradi.
«Estonia» paromi haqiqatdan halokatga uçragandi va u soat 00:55-01:50 oraliğida dengiz tubiga çökib ketadi. Paromda bölgan yölovçilar bu paytda öz kayutalarida uxlayotgani sababli, ularning aksariyati nima bölayotganini anglab yetgunça parom çökib bölgandi.
Mavzuga oid
Halokat va uning sabablari
«Estonia» paromi Tallin portidan mahalliy vaqt bilan soat 19:15 da yölga çiqadi. Öşa paytda Boltiq dengizida şamolning tezligi kuçaygan va böron boşlanişi arafasida bölgan.
Foto: wikipedia.org
«Estonia» Tallin portidan 135 kilometr masofani suzib ötganda böron boşlanadi. Şamolning tezligi soatiga 90 kilometrga yetadi va tölqinlar paromni qattiq silkita boşlaydi. Oqibatda uning tumşuq qismida joylaşgan, turli transport vositalarining paromga çiqişida asqatadigan 50 tonnalik temir «köprik» (Apparel) uzilib ketadi.
Şundan söng «Estonia» tubiga suv kira boşlaydi. Biroz ötib parom öng tomonga 15 darajaga oğadi. Şunda uning içiga suv kirişi yanada tezlaşadi. Oradan yarim soat ötgaç «Estonia» 90 daraja oğib qoladi va uning öng tomoni batamom suvga botadi.
Soat 01:40 larga borib parom butunlay suvga töladi va çöka boşlaydi. Oradan ön daqiqa ötib «Estonia» 70 metr çuqurlikka çökib bölgan edi. Paromda bölgan odamlarning asosiy qismi öz kayutalaridan çiqişga ulgurmay, çökib ketadi.
Soat 02:12 da hodisa yuz bergan joyga finlarning «Mariella» paromi yetib keladi va suv yuzasida qolganlarni qutqara boşlaydi. Soat 03:00 da «Estonia» çökkan joyga Finlandiya va Şvetsiyaga tegişli bir neçta vertolyot yetib keladi va ular ham qutqaruv işlarini boşlab yuboradi. Öşa paytda qoronğida imkoniyatlar çeklangan, suv yuzasida qolgan barçani qutqariş imkonsiz edi. Şu sababli suv yuzasida qolgan odamlarning bir qismi kuçli şamol va muzday suvga doş bera olmay, çökib ketişadi.
Qutqaruv işlariga «Mariella» va fin vertolyotlardan taşqari yaqin orada suzib ketayotgan bir neçta turli davlatlarga tegişli kemalar yetib keladi. Öşanda hodisa joyiga Şvetsiyaning 13 ta, Finlandiyaning 12 ta, Daniyaning 2 ta va Rossiyaning 1 ta vertolyoti keladi.
Ular suv yuzasida qolgan odamlarni qutqarişda iştirok etadi. Ammo kuçli şamol va böron qutqaruv işlarini juda qiyinlaştirib yuboradi. Şunday bölsa ham «Mariella kemasi 38 kişini, fin vertolyotlari 49 kişini, şved vertolyotlari 50 kişini qutqaradi.
Öşanda «Estonia» paromida bölgan 186 nafar ekipaj a’zosi va 803 nafar yölovçidan bor-yöği 138 kişi tirik qoladi. Ulardan 94 nafari yölovçi, 43 nafari ekipaj a’zolari bölgan. Qolgan 851 nafar odam halok böladi. Bir neça kun ötib qutqarilganlardan biri şifoxonada vafot etadi. Şu tariqa halok bölganlar soni 852 nafarga yetadi.
Halok bölganlardan 757 nafar odam bedarak ketadi. 95 kişining jasadini topişga muvaffaq bölişadi. Halok bölganlar orasida jami 17 ta davlat fuqarolari bölgan, ularning eng köpi Şvetsiya fuqarolari edi – 501 nafar. 285 nafar Estoniya fuqarolari, qolganlar dunyoning turli davlatlaridan edi.
Halok bölganlar orasida bir qator maşhur şaxslar ham bölgan. Jumladan, estoniyalik qöşiqçi Urmas Alendarning jasadi topilmagan. Şvetsiyalik qöşiqçi Per Isakssonni esa vataniga olib borib dafn etişgan.
Paromdagilarning bir qismi çökiş oqibatida, yana bir qismi esa turli jarohatlar olib halok böladi.
Keyinçalik, Finlandiyaning Utyo orolida qutqarilganlarga yordam körsatiş işlarida qatnaşgan fin armiyasining zobiti şunday eslagandi:
«Ilk qutqaruvçi vertolyot odamlarni olib kelganda ularning orasida faqat uç kişi tirik edi. Uçta vertolyot olib kelgan 97 kişidan 23 nafari tirik, 64 nafari halok bölgan edi. Iş boşlagan paytingda yuzlab issiq kiyim, yuzlab yotoq joy tayyorlab turiş kerakligini öylasang-da, ularning örniga yuzlab tobutlar kerak bölsa, buni körişdan ortiq azob yöq».
Hodisa yuzasidan suriştiruvlar
1994 yil noyabr oyida «Estonia» paromining boşqaruv punkti hodisa sabablarini çuqurroq örganiş maqsadida maxsus robot yordamida suv yuzasiga olib çiqiladi.
Foto: yaplakal.com
Öşa yili dekabr oyida Norvegiyaning suv ostida tadqiqotlar olib boruvçi kompaniyasi paromning dengiz tubida qolgan qismini örgana boşlaydi. Ularning vazifasi paromda bölgan kompyuterni topib halokatni örganayotgan komissiyaga topşiriş edi. Ammo ular kompyuterni topa olişmaydi.
Parom çökkan joy Boltiq dengizining Finlandiya hududiga yaqin qismida edi. Fin hukumati paromning qoldiqlarini suv yuzasiga olib çiqişga ruxsat bermaydi. Paromdagi kompyuterning topilmasligi, Finlandiyaning uni suv yuzasiga olib çiqişga ruxsat bermasligi OAVda turli miş-mişlarga yöğrilgan xabarlarning e’lon qilinişiga sabab böladi. Jumladan, paromning ost qismi portlatib teşilgan degan, taxminlar ham ilgari suriladi.
Estoniya, Finlandiya va Şvetsiyalik mutaxassislardan iborat komissiya parom halokatiga noqulay ob-havo va uning oqibatida paromning tumşuğidagi qopqoqning uzilib ketişi sabab bölgan, deb topişadi.
Yangi dalillar
2020 yil 28 sentabr kuni Discovery telekanalida «Estonia»: barçasini özgartiruvçi topilma» nomi bilan hujjatli film efirga uzatiladi. Hujjatli filmni tasvirga olgan guruh parom qoldiqlarini suratga oliş uçun dengiz tubiga tuşganda uning ost qismida 4 metrli teşikni körib qolişadi. Avvalroq halokat sabablarini örgangan komissiya xulosasida bu teşik haqida heç narsa deyilmagandi.
Filmni körgan mutaxassislar paromning ostidagi teşik portlaş natijasida emas, uning tumşuq qismidagi qopqoqning uzilib ketişi oqibatida paydo bölganini va unga suv şu yerdan kirganini aytişadi.
Mutaxassislar bilan teşikning paydo bölişi sabablarini muhokama qilgan suratga oliş guruhi parom bortidagi portlaş uning korpusiga bunday zarar yetkazişi mumkin emas, degan xulosaga keladi.
Norvegiya harbiy-dengiz kuçlari kapitani, portlovçi moddalarning kemalarga ta’sirini örgangan harbiy-dengiz maktabi öqituvçisi Frank Burrsen «Estonia» paromi halokatidan olingan kadrlarni körgandan söng, u yerda portlaş ehtimoli yöqligini aytgan.
Paromda qurol-yaroğ taşilganmi?
«Estonia» paromi juda katta bölgan va unda turli yuklar bilan birga qurol-yaroğ ham taşilgan. Şvetsiya bojxona xizmatining sobiq xodimi parom halokatga uçragan kuni unga ikkita yuk maşinasida maxfiy yuklar olib kelib yuklangani va ular qurol-yaroğ bölganini aytgan.
Keyinçalik, Şvetsiya Estoniyadan sovet davridan qolgan eski qurol-yaroğlarni sotib olgani va ma’lum qismini «Estonia» paromi orqali taşigani aniqlanadi.
Şuningdek, parom halokatga uçragan kuni uning bortida davlat raqami bölmagan sakkizta maxsus transport vositasi borligi ma’lum böladi.
Garçi öşanda «Estonia» bortida harbiy yuklar bölgan bölsa-da, halokatga ular sabab bölgani haqida heç qanday dalil topilmaydi.
Halokatdan keyingi mojarolar
Paromning halokatga uçraşi sabablarini komissiya örganayotgan paytda halok bölganlar va bedarak yöqolganlarning yaqinlari uning işidan qoniqmayotganlarini aytib çiqişadi.
1998 yilda komissiyaning yakuniy xulosasi e’lon qilinadi. Ana şunda «Şimoliy mamlakatlar transport işçilari kasaba uyuşmalari taşkiloti» Stokholmda konferensiya ötkazadi. Ana şu konferensiyada «Estonia» paromining halokati sabablarini örgangan komissiya xulosasi keskin tanqid qilinadi.
Ularga köra, halokat sabablari töliq örganilmagan holda yakuniy xulosa berilgan.
2000 yil may oyida halokatda halok bölganlar va bedarak ketganlarning yaqinlari matbuot anjumani ötkazişadi va unda ham asosan komissiyaning işi tanqid qilinadi.
Şundan söng Estoniya paromining halokati yuzasidan köplab şubhalar bildiriladi, bahslar bölib ötadi. 2016 yil oktyabr oyida halokatda halok bölganlarning yaqinlari Estoniya boş vaziriga halokat sabablarini qaytadan örganiş böyiça ariza bilan murojaat qilişadi. Boş vazir ularga javob bermaydi.
2019 yil oktyabr oyida Tallin ma’muriy sudi Estoniya hukumati zimmasiga halokatda halok bölganlarning yaqinlari topşirgan arizani qabul qiliş tuğrisida qaror çiqaradi.
Köplab bahs va munozaralarga qaramasdan halokatda vafot etganlar va bedarak yöqolganlarning oila a’zolariga tovon tölanmaydi.
Parom halokatida vafot etganlarning oila a’zolari hanuzgaça hodisada rasmiylarni ayblab kelişadi. Rasmiylar esa halokatga kuçli şamol va noqulay ob-havo sabab bölganini aytib kelişadi.
Estoniya paromining halokatiga bağişlab köplab yodgorliklar örnatilgan. Hujjatli filmlar suratga olingan, qöşiqlar kuylangan, köplab kitoblar, maqolalar yozilgan.
«Estonia» paromining halokati tinç davrlarda Yevropada sodir bölgan eng yirik dengiz halokati hisoblanadi.