Bugun, 7 iyun kuni Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bölib ötmoqda. Unda Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov sözga çiqib, oliy ta’lim tizimida maişiy korrupsiya hamon saqlanib qolayotgani, bu, asosan, öqişni köçiriş jarayonlarida kuzatilayotganini ma’lum qildi.
“Hali ham oliy ta’limda korrupsiya mavjud, degan fikrlar bor baribir. Ming afsus, maişiy korrupsiya holatlari uçrayapti, lekin tizimli korrupsiyani biz yöqotdik. Bunga vazir sifatida kafolat beraman. Korrupsiyaning elementlari öqişni köçiriş bilan boğliq jarayonda saqlanib qolayotgandi. Lekin biz bu yil faqatgina 2 ta şart bilan öqişni köçirişga ruxsat oldik. Endi talaba:
- Turmuş qursa;
- Davlat xizmatçisining işi boşqa joyga ötsagina öqişini köçira oladi”, dedi vazir.
Abduqodir Toşqulovning qayd etişiça, öqişni köçirişda vazir xati talab etiladi. Boşqa toifalardagi talabalarga heç qaysi holatda öqişini köçirişga ruxsat berilmaydi.
Ötgan yili 60 ming talaba öqişini boşqa OTMga köçiriş uçun hujjat topşirgan. Masalan, tuproqşunoslikda öqiyotgan talaba biologiyada öqişni xohlagan.
“Talaba birinçi kursdanoq maqsadini aniq belgilab olişi kerak. Bu yil jami 150 ming talaba öqişini köçirişga ariza topşirişi prognoz qilingan edi.
Buning örniga akademik mobillikni qöllaş mumkin. Masalan, rektorlar özaro kelişib, Surxondaryodagi va Toşkentdagi talabalar almaşib, 1-2 semestr öqiydi. Lekin diplomni bir joydan olişi kerak.
150 ming talabgor öqişini köçiriş uçun hujjat topşirişi nima degan gap? Bu – bir yillik kvota degani”, dedi Abduqodir Toşqulov Parlamentdagi nutqida.
Eslatib ötamiz, joriy yil xorijiy OTMlardan Özbekiston OTMlariga öqişini köçirmoqçi bölganlar uçun ham ötiş ballari kötarilgan.








