
Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri buyruği bilan 2022/2023 öquv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişni köçiriş uçun ötiş ballari tasdiqlandi.
Vazirlik xabariga köra, joriy yil tizimida oliy ta’lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralarning takliflari umumlaştirilib, ta’lim sohalari kesimida ötiş ballari belgilandi.
Gumanitar sohada maxsus sinovlar böyiça ötiş bali 80 dan 105 ballgaça belgilangan bölsa, ijtimoiy soha, iqtisod va huquqda - 105 dan 140 ballgaça. Işlab çiqariş-texnik soha - 75 dan 94 ballgaça, qişloq va suv xöjaligida - 70 dan 80 ballgaça, soğliqni saqlaş va ijtimoiy ta’minot - 94 dan 129,2 ballgaça, xizmatlar sohasi - 70 dan 94 ballgaça.











