Prezident “Özbekiston qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Qulay agrobiznes muhitini va qöşilgan qiymat zanjirini yaratiş yönalişida joriy yil yakuniga qadar xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan agrar sohada umumiy qiymati 400 million AQŞ dollarigaça bölgan miqdordagi investitsiya loyihalari işga tuşiriladi.
Har bir hududda kamida bittadan agrologistika markazlari barpo etiladi. Mazkur markazlarda xalqaro bozorlarda tan olingan sifat sertifikatlarini oliş imkoniyati yaratiladi.
Qişloq xöjaligi vazirligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda loyihalarni şakllantiriş, taşabbuskorlarni aniqlaş va ularni öz vaqtida işga tuşiriş çoralarini köradi.













