Muallifning qayd etişiça, uç yilça avval Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «NATO miyasining ölişi» borasida özining maşhur taşxisini qöygan. Öşa vaqt uçun uning nuqtayi nazari töğri bölgan: Yevropada strategik fikr yuritişning yöqligi prezident Donald Tramp hukmronligi ostida AQŞ siyosatini oldin taxmin qilib bölmaydigan holatga kelişi bilan qorişib, alyans uçun sovuq uruş davridan buyon ilk marta jiddiy muammolar keltirib çiqarayotgandi.

AQŞ armiyasi askarlari Bolgariyaning Novo-Selo harbiy poligonida NATO maşğulotlarida iştirok etişmoqda. NIKOLAY DOYÇINOV / AFP GETTY IMAGES

Hozirga kelib NATOning qayta tuğilişi haqida gapira boşlaşdi, çunki Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi blokning hududiy mudofaa böyiça asosiy missiyasiga yangi dolzarblik baxş etmoqda.

Kreml duşman emas, hamkor sifatida körilgan

Lukasning qayd etişiça, NATO a’zolari Rossiya tomonidan yuz beradigan tahdidni qayta baholab va Ukrainani qurol-yaroğ bilan ta’minlay turib, mudofaa budjetini köpaytirib, alyansning şarqiy çegaralari xavfsizligini mustahkamlab, maqsadlarning yangi birligini topişgan.

14 yilgina avval alyansga tahdidlarni baholuvçi NATOning öta maxfiy organi — MC161 va uning siyosiy rahbariyati öz ssenariylarida Rossiya tomonidan yuz beradigan har qanday harbiy tahdidni körib çiqişni töğridan töğri taqiqlab qöygandi. Bunda bosim Germaniya kabi Rossiya tarafdorlaridan emas, AQŞning özidan ham çiqqani hayratlanarli. Umumqabul qilingan fikrga köra, Kreml duşman emas, hamkor sifatida körilgan.

Bunday siyosat natijasida NATOning eng ojiz a’zolari — Polşa va Estoniya, Latviya va Litva kabi Boltiqböyi davlatlari ikkinçi navli ittifoqçilarga aylanişgan. Garçi ular blokda bölişsa ham, faqat qoğozda şunday sanalişgan. Ularning hududida aytarli taşqi kuçlar bölmagan, alyans esa kutilmagan vaziyatlarda hujumga duçor bölişsa, ularning mudofaa qobiliyatini kuçaytiriş yoki himoya qilişga doir rejalar tuzişdan mutlaqo boş tortib kelgan. Polşa mudom şunday rejani talab qilib kelgan, lekin ularga bunday reja Belarus hujumiga qarşi tuzilişi mumkinligini aytişgan, minba’d Rossiyaga qarşi emas.

NATO tez va qat’iy qaror çiqara oladimi?