O‘zbekiston | 09:00 / 10.06.2022
29263
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekiston yuqori texnologiyali smartfonlar bozoriga uzoq kutilgan yangilik - HUAWEI nova 9 SE kirib keldi

Nova seriyasining barcha afzalliklariga ega, o‘rta narx toifasidagi smartfonni o‘zbekistonlik talabgir xaridorlar sotib olishlari mumkin. Shu bilan birga, har bir mijozga 16 iyunga qadar Radius, Elmakon do‘konlari, shuningdek, Zoodmall, Asaxiy, Olcha, T-store, Joybox, Paragraf va Huawei brendi do‘konlarida Band 6 smart bilaguzugi sovg‘a sifatida beriladi.

Foto: HUAWEI

So‘nggi besh yil ichida HUAWEI nova seriyasi kengayib, 10 dan ortiq mahsulotlar turkumiga aylandi va iste’molchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.

Avvalgi HUAWEI nova 9 modeli joriy yilning may oyida o‘zbekistonliklar tomonidan yuqori baholangan edi. Yangi qurilma ham joriy turkum falsafasiga to‘liq mos keladi: u eng so‘nggi taqdim qilingan flagman dasturiy yechimlardan foydalanib, estetik dizayn va ijtimoiy tarmoqlar uchun ajoyib foto va video suratga olish imkoniyatlarini taqdim etadi.

HUAWEI nova 9 SE qurilmaning tez va qulay ishlashini ta’minlovchi EMUI interfeysidan foydalanadi. Batareyaning uzoq ishlash muddati uchun ushbu seriya smartfonlari HUAWEI AI Power Saving texnologiyasi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, gadjet HUAWEI SuperCharge – 66 Vt quvvatga ega so‘nggi texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydi, bu sizga qurilmani rekord darajada tez – atigi 15 daqiqada 60%, 36 daqiqada esa to‘liq quvvatlantirish imkonini beradi.

Foto: HUAWEI

HUAWEI nova 9 SE 6,78 dyuymli IPS LCD displeyga ega bo‘lib, ekranning yuqori markazida kamera tuynugi bor. Ekran Full HD+ (1080 x 2388 piksel), 90 Hz yangilanish chastotasi va 240 Hz sensorli namuna olish chastotasiga ega. Nova 9 SE'ning old tomonida 16 megapikselli selfi kamera joylashgan.

Yangi mahsulot flagman modellariga o‘rnatiluvchi kamera tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, 108 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli ultrakeng modul, 2 megapikselli sath sensori va 2 megapikselli makrokameradan iborat. f/1.9 diafragmali asosiy modul tufayli smartfon hayratlanarli darajada yuqori aniqlikdagi fotosuratlarni yaratadi.

Foto: HUAWEI

Gadjetning tashqi ko‘rinishiga kelsak, HUAWEI bu gal ham an’anaviy dizaynni tor hoshiyalar bilan mujassamlashtirgan. Hoshiyalarni innovatsion to‘ldirish yechimidan foydalangan holda, displey ramkasi qalinligi o‘ta yupqa qirralari — atigi 1,05 mm bo‘lishiga erishilgan. Bu esa 94,85% ekran-korpus nisbatini berib, foydalanuvchilarga immersiv vizual amaliyotni taqdim etadi.

Servis markazi +998(99)897-54-49

HMS (Huawei Mobile Services) bo‘yicha +998(90)003-55-95

Reklama

Mavzuga oid