O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning xabar berishicha, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif va tashabbuslar, muammo hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili Yoshlar kuni arafasida hukumat dasturi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari alohida hududiy dasturlari qabul qilinadi.
Dasturlar yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi.
Hujjat bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2022-2023 yillarda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi tasdiqlandi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- “yoshlar bo‘sh vaqti - yetakchi ish vaqti” tamoyili asosida tashabbus olimpiadasini o‘tkazish, yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish;
- ko‘chama-ko‘cha tadbir va loyihalar, tanlovlar, musobaqalar hamda to‘garaklarni tizimli ravishda tashkil etish;
- yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishi oldini olish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish;
- yoshlar infratuzilmalarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, yoshlar siyosatini amalga oshirishda OAV rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilash.
Mavzuga oid
13:27 / 14.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS'dagi natijalari sezilarli yaxshilandi
18:19 / 07.12.2024
Yoshlarga Work & Travel dasturlari xarajatlari uchun ssuda ajratiladi
10:11 / 28.11.2024
O‘zbekiston aholisi har yili 700 mingdan ortiq kishiga oshmoqda
15:32 / 22.11.2024