Ilm olişning erta-keçi yöq, beşikdan to qabrgaça ilm izla, deydi dono xalqimiz. Bugun hikoya qilmoqçi bölgan qahramonimiz ham ana şunday insonlardan. Şinigul aya Dösxöjayeva 70 yoşda. U Özbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filialining 3-bosqiç talabasi. Bundan 46 yil oldin, 1979 yilda madaniyat sohasida öqiş uçun Toşkentdagi oliy ta’lim muassasasiga hujjatlarini topşirgan. Oilaviy sabablar bilan oliy ta’limni 2-kursdan taşlab ketişga majbur bölgan. Şinigul aya oradan qariyb yarim asr ötsa ham oliy toifali madaniyat xodimi böliş orzusidan voz keçmadi va 70 yoşida talabalar bilan birga öqiyapti.

Şinigul aya Dösxöjayeva oliygohda Soz asbob ijroçiligi yönalişi böyiça tahsil olmoqda. Farzandi tengi öqituvçilar unga soz asbob çaliş sirlarini örgatişmoqda. Şinigul aya qoraqalpoq milliy çolğu asbobi Möynoq ala dutorini çalişni yaxşi köradi. Nevaralari tengi talabalar bilan har kuni maşq qiladi. Guruhdagi kursdoşlari orasida 22 yoşli nevarasi Mehriban Dösxöjayeva ham bor. Buvi va nevara har kuni ertalab öqişga birga kelib ketişadi. Dars jarayonlari va maşğulotlarda ham birga bölişadi.

Bugun qahramonimizda ötgan davr talabalari va hozirgi talabalarni soliştiriş imkoni bor. Şinigul aya bundan salkam 50 yil oldingi va hozirgi talabalar örtasidagi farqlarga töxtaldi. Ayaning bizga aytişiça, 50 yil oldingi talabalar bilimga ança çanqoq bölgan.

Oçiği, 70 yoşli talabani unça-munça öqituvçi ham körmagan bölsa kerak. Şuning uçun bölsa kerak, Şinigul aya bilan har kuni öqiş davomida qiziqarli holatlar yuz beradi.

Har qanday nevara ham bir guruhda, bir bosqiçda öz buvisi bilan öqişini orzu qilsa kerak. Ammo bu öziga xoslikning biz bilmagan qirralari ham bor. Şinigul aya bilan birga tahsil olayotgan nevarasi Mehriban Dösxöjayeva barçasi qanday boşlangani, öqişdagi ajoyib holatlar haqida gapirib berdi.

Mehriban Dösxöjayevaning aytişiça, ayaning şu yoşga çiqib yana öqişni davom ettirişi mahalla, köça-köyda ança gap-söz ham bölgan.