Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga joriy yilning 30 aprel kuni Nukus şahar elektr ta’minoti korxonasining bir neçta xodimlari tomonidan murojaat kelib tuşgan. Unda Nukus şahar elektr ta’minoti korxonasi injyeneri tomonidan qonunga xilof ravişda işçi xodimlarning har biri 360 kilogrammdan qora metall va 15 kilogrammdan rangli metall olib kelişga yoki metallolom örniga 250 ming sömdan pul yiğib berişga majburlanayotgani ma’lum qilingan.

Qayd etilişiça, agentlik tomonidan 5 may kuni murojaatda keltirilgan holatlarni töliq va xolisona örganiş yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJga sörovnoma yuborilgan. Unga asosan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan joriy yil 6 mayda Nukus şahar elektr ta’minoti korxonasi injyeneriga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.

Xizmat tekşiruvi natijasida murojaatda körsatilgan vajlar öz tasdiğini topgan. Holat yuzasidan töplangan hujjatlar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan qonuniy baho beriş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasiga yuborilgan.