Kun.uz holatni örganiş maqsadida uşbu massivda bölib, voqea joyidan reportaj tayyorladi.

Qorasuvdagi köp qavatli uylarning aksariyatida xuddi şunday balkon bor. Avvalboşdanoq aytişni istardik, töğridan töğri pod’yezd orqali uşbu balkonlarga çiqiş mumkin. Bu yoş bolalar uçun istalgan daqiqada xavf tuğdiradi.

Köp qavatli uylarda yaşovçi Mavjuda Kattayeva holatga bevosita guvoh bölib qolganini aytmoqda. U pod’yezdga kiriş qismini yopib turuvçi plastik qoplama ustiga qattiq zarb bilan nimadir tuşganini eşitgan. Yaqinroq borib qizaloqni körgan. Qizçaning otasi ham şu atrofda bölganini bildirdi. Tezda odamlar yiğilgan, tez tibbiy yordam yetib kelgan, biroq gödakning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.

Mahalla nuroniylaridan biri Şavkat Jalilov köp marta özlari taşabbus qilib, balkonlar oldini yopişni taklif qilganini aytmoqda. Biroq hududga xizmat körsatuvçi şirkat – «NUR SHARQ TESS» boşqaruv servis taşkiloti bunga ruxsat bermagan. Agar balkonlar oldi balandroq qilib yopilsa, fasad körinişini buzişi aytilgan.

Bu birinçi marta kuzatilayotgan holat emasligini aytmoqda “domkom” Gavhar Abduvohidova. Qorasuvliklarni bu holat doim taşvişlantirib kelgan. “Bir neça marta murojaat qilişimizga qaramay, balkonlarni yopib berişmadi. Orqaga surişdi, natija fojia bilan tugadi. Qöşni uylarda yaşovçilar özlari balkonga balandroq qilib panjara örnatişgandi. Ikki-uç kunga qolmay oldirib taşlandi”, – deydi Gavhar opa.  

Ma’lum bölişiça, uylarning taşqi körinişi buziladi, degan vaj bilan balkonga nimadir çiqarişga yöl qöyilmas ekan. Uylar içkarisida şaroit bölmagani sababli, ayrimlar yuvilgan kirni çiqarib qöyişga odatlangan. Biroq bunga ham ruxsat berilmasligi ma’lum qilindi.