
Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov «Sevimli» telekanali muxbiri va tasvirçisi hamda Human.uz xodimi bilan boğliq holatlar böyiça Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya mutasaddilaridan xodimlariga nisbatan çora körişni talab qildi.
«Biz qonun ustuvor bölgan jamiyatda yaşayapmiz. Özining xizmat vazifasini bajarayotgan ommaviy axborot vositasi xodimiga tösqinlik qilişga, unga nisbatan kuç işlatişga, qölidagi mikrofoni yoki kamerasini tortib olişga heç kimning, şu jumladan, içki işlar organlari xodimlarining ham qonunan haqqi yöqligini hammamiz yaxşi bilamiz.
Davlatimiz rahbari “Qonuniy faoliyat yuritayotgan barça jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida böladi” deb alohida ta’kidlaganini, afsuski, ayrim osoyiştalik posbonlari unutib qöyganga öxşaydi. Aksinça bölganida, futbol çempionatini yoritiş uçun «Paxtakor» stadioniga borgan jurnalist va tasvirçi içki işlar xodimlari tomonidan kaltaklanmagan bölardi.
Ma’lum bölişiça, joriy yilning 11 iyun kuni Toşkent şahridagi «Paxtakor» stadionida futbol böyiça U-23 Osiyo kubogi çorak finali doirasida Özbekiston – Iroq öyinini yoritişga borgan «Sevimli» telekanali muxbiri va tasvirçisiga nisbatan içki işlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuç işlatilgan. Mikrofoni va kamerasini tortib olingani kamlik qilganidek, xodimlar tomonidan kaltaklangan. Xuddi jinoyatçi kabi jurnalistlarning qöllarini qayirib, Şayxontohur tuman IIB binosiga olib borişgan...
Jabrlangan muxbirning aytişiça, içki işlar xodimlari undan keçirim sörab, ortiqça gap qilmasligi va biron joyda gapirib yurmasligini tayinlagan.
Xöş, şu bilan “yopiğlik qozon yopiğligiça” qolaveradimi? Amaldagi qonun normalarini çetlab ötgan, OAV xodimlariga zöravonlik qilgan “osoyiştalik posbonlari” yana heç narsa bölmaganidek, öz işini davom ettiraveradimi? Yöq, endi bunga aslo toqat qilib bölmaydi, ular qilmişiga yaraşa jazolaşişi va bu boşqalar uçun ibrat bölişi zarur.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi OAV xodimlarining huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilişda qat’iy davom etadi. Jurnalist faoliyatiga tösqinlik qiliş, noqonuniy yöllar bilan daxl qiliş, şaxsini obrösizlantirişga bölgan har qanday urinişlarni keskin qoralaydi.
Alohida qayd etamizki, mazkur holat Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, AOKA, ÖzMMA tomonidan nazoratga olingan, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya va Boş prokuraturaga sörov yuborilgan va şu bilan birga, holat yuzasidan mustaqil örganiş ham olib borilmoqda.











