Rossiya annexia qilganidan keyin 2014 yil martidan 2016 yilgaça Qrim boş prokurori bölib işlagan Poklonskaya endilikda Rossiya boş prokurorining maslahatçisi lavozimida işlaydi. Bu haqda prokuror özining Telegram-kanalida yozdi.
«Döstlar, bugundan Rossiya boş prokurori Igor Krasnovning maslahatçisi lavozimiga tayinlandim. Bilaman, bu borada iliq tilaklar böladi, barçasi uçun oldindan rahmat.
Endilikda heç qanday ommaviy faoliyat bilan şuğallanmayman, ijtimoiy sahifalar yuritmayman, faqat Rossiya boş prokurori tomonidan belgilangan topşiriqlarnigina Rossiya qonunlari doirasida bajaraman. OAV vakillari har qanday izoh uçun Rossiya boş prokuraturasi axborot xizmatiga murojaat qilişingiz mumkin», deb yozgan Poklonskaya sahifalarida.
Putin Poklonskayani iste’foga çiqardi. U Z belgisini fojia ramzi deb atagandi
Qrim sobiq boş prokurorini Telegram'da 34 ming, Instagram'da esa 215 mingdan ortiq obunaçilar kuzatib boradi. Poklonskayaning bu sahifalari verifikatsiya qilinmagan. Ular hozirça öçirilgani ham yöq.
2012-14 yillarda Ukraina boş prokuratasida katta prokuror bölib işlagan Poklonskaya 2014 yil mart oyida Qrim Rossiya tomonidan egallab olingaç, «rus bahori»ning ramzlaridan biri ölaroq Qrim boş prokurori etib tayinlangandi. 2016-21 yillarda Rossiya Dumasida deputat bölib işlagan Poklonskaya köplab qonunlarga qarşi çiqqani bilan nom qozongan.
«Ukraina – Rossiya emas». Natalya Poklonskaya şov-şuvli intervyu berdi
Rossiyalik jurnalist Katerina Gordeyeva bilan intervyuda Poklonskaya uruşga qarşi ekanini yaşirmagan, Rossiyada «maxsus harbiy amaliyot» deyiş qabul qilingan Ukrainadagi uruş masalasida Rossiya rasmiy pozitsiyasiga zid fikrlar bildirişdan qörqmasligini aytgan edi. Öşa intervyuda özining ukrain millatiga mansub ekani, vatani Ukraina ekanini aytgan Poklonskaya vatandoşlari ölayotgan bir vaqtda Qrim Rossiyaga ötganining 8 yilligini bayram qila olmasligini aytgan. Vaholanki, Rossiya rasmiy vakillari 18 mart kuni «Lujnikida» Putin boşçiligida Qrim Rossiya tarkibiga qöşilganining 8 yilligini keng bayram qilgandi.












