Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni Amerika Qöşma Ştatlari Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni general Maykl Kurilla boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Özbekiston va AQŞ örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi amaliy aloqalarni davom ettirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş hamda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanişga, şu jumladan ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşirişga kömaklaşiş borasidagi taşabbus va dasturlarni ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi. 

Bundan oldinroq Özbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Maxmudov ham Maykl Kurillani qabul qilgan.  

Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilgan. Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş masalalari, jumladan, Afğonistondagi hozirgi vaziyat borasida fikr almaşilgan.

Muzokaralar yakunlari böyiça ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari böyiça özaro manfaatli muloqotni yanada rivojlantiriş böyiça kelişuvga erişilgan.