Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qarorgohi davlat foydasiga musodara qilindi. Bu haqda davlat mulkini boşqariş fondi ma’lum qildi.

"Çuy oblasti Alamedin rayoni Qöytoş qişloğidagi 2,70 gektar maydonda joylaşgan Almazbek Atamboyevga tegişli uy musodara qilindi va davlat tasarrufiga ötkazildi", - deyiladi fond xabarida.

Ma’lum qilinişiça, mazkur maskan negizida "keksa yoşli fuqarolar uçun statsionar muassasa" quriş taklif etilmoqda.

Atamboyevning advokati Zamir Jooşevning sözlariga köra, fond xodimlari mazkur mulk musodara qilinişini tasdiqlovçi heç qanday hujjat körsatmagan.

"Fond raisi örinbosari Kanat Riskulov uç kun içida Almazbek Atamboyevning uyini böşatiş böyiça oğzaki ultimatum qöygan. Heç qanday hujjat körsatişmadi, Atamboyevning oila a’zolarini çiqarib yuboriş haqidagi sud qarorini gapirmasa ham böladi", - dedi Jooşev. 

Atamboyev 2020 yil iyunda korrupsiyada aybdor deb topilib 11 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi. 

Tergov hujjatiga köra, u bir guruh şaxslar bilan kriminal avtoritet Aziz Batukayevning qamoqdan ozod qilinişiga yordam bergan. 

Batukayev işi böyiça hukmdan söng Atamboyev 47-sonli axloq tuzatiş koloniyasiga joylaştirilgan.