Tribuna.uz muxbirining «Bunyodkor» stadionidan xabar berişiça, yarimfinal bahsiga mahalliy tomoşabinlar kiritilmasligi sababli taşkilotçilar stadionning avtomobillar töxtaş joyini fan-zonaga aylantirib, monitor örnatgan. Özbekiston – Yaponiya uçraşuvi uşbu ekranda namoyiş etiladi. 

Avvalroq, Toşkent IIBB Toşkent şahrining Çilonzor tumanida, «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ayrim köçalar transport harakati uçun vaqtinça yopilişi haqida xabar bergan edi. Poytaxt IIBB xabariga köra, stadion atrofidagi köçalar «yöl ta’mirlaş işlari olib borilayotgani munosabati bilan» 15 iyun kuni soat 17:00 dan soat 24:00 gaça transportlar yurişiga ruxsat berilmaydi.

Eslatib ötamiz, OFK qaroriga köra Özbekiston – Yaponiya uçraşuviga mahalliy muxlislar kiritilmaydi. Yaponiya olimpiya jamoasining esa 500 nafargaça tomoşabini stadionga kirişiga ruxsat beriladi. Uçraşuv soat 21:00da boşlanib, UzReportTV orqali jonli efirda namoyiş etiladi.