O‘zbekiston | 07:53 / 16.06.2022
8005
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy NNTning xalqaro grant loyihalari qanday amalga oshirilishi aniqlashtirildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, nizom bilan quyidagi tartiblar nazarda tutiladi:

  • mahalliy NNT xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish uchun ularga tegishli sohadagi davlat boshqaruvi organini biriktirish tartibi;
  • xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni milliy manfaatlarni hisobga olgan holda tasdiqlash;
  • milliy hamkor tomonidan loyihalar sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi, natijalari monitoring qilinishida amaliy yordam berish hamda manfaatdor tashkilotlar ushbu jarayonga jalb qilinishini ta’minlash tartibi.

Hududiy adliya organlari NNTdan mablag‘lar kelib tushgani haqida xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida bu haqda Adliya vazirligiga yozma yoki elektron shaklda ma’lumot kiritadi.

Adliya vazirligi NNT grant loyihalari doirasida mablag‘lar kelib tushgani haqida Tashqi ishlar vazirligini ikki ish kunidan kechiktirmasdan xabardor qiladi. Tashqi ishlar vazirligi chet ellik shaxslar tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan grant loyihasi yuzasidan tegishli xulosani Adliya vazirligiga besh ish kuni ichida taqdim qiladi.

Adliya vazirligi ikki ish kuni ichida ushbu NNTga grant loyihasini amalga oshirishda amaliy yordam berish va hamkorlik qilish uchun milliy hamkorni biriktirish choralarini ko‘radi.

Mavzuga oid