Turkiya hukumati NATOning Şvetsiya va Finlandiya bilan uç tomonlama muzokara ötkaziş töğrisidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Financial Times gazetasi öz manbalariga tayanib xabar berdi. 

Manbalarning sözlariga köra, uç mamlakat vakillari va NATO tomonidan neytral vositaçi iştirokidagi uçraşuv çorşanba kuni ötkazilişi rejalaştirilgandi. Ammo Turkiya Helsinki va Stokholmdan aniq taklif olmaguniça heç qanday muzokarada iştirok etmasligini ma’lum qilgan.

NATO vakilining gazetaga bildirişiça, uç tomonlama uçraşuv alyansning "yakuniy maqsadi" bölgan.

Finlandiya va Şvetsiya Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi fonida NATOga qöşiliş niyatini e’lon qildi. Bu davlatlarni alyansga qabul qiliş uçun uning barça 30 a’zosining roziligi kerak. Ayni paytda Anqara bunga qarşi çiqmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan buni “Finlandiya va Şvetsiyada Turkiyada terrorçilik taşkilotlari vakillari deb ataluvçi kurdlar böyiça aniq pozitsiya yöqligi” bilan izohladi. 

Bundan taşqari, Turkiya 2019 yilda Suriyada kurdlarga qarşi harbiy operatsiya boşlaganidan söng Stokholm va Helsinki Turkiya tomoniga mudofaa mahsulotlarini yetkazib berişga sanksiyalar joriy etgan. 

25 may kuni Turkiya Şvetsiya va Finlandiya vakillari bilan bölib ötgan yiğilişda bu davlatlarga 10 ta şartni ilgari surdi. Ulardan asosiysi - Kurdiston Işçi partiyasi faoliyatining taqiqlanişi.