“Nigoh” telegram kanali xabariga köra, Baxtiyor Mardonov Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti rektori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi va Quvondiq Sanoqulov Navoiy davlat konçilik instituti rektori lavozimidan ozod etildi.

Baxtiyor Mardonov / Foto: Nigoh

Mazkur universitet prezidentning 2022 yil 31 martdagi qarori bilan taşkil etilgan. Universitetda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uçun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.

Universitet huzurida quyidagilar taşkil etilgan: Nukus konçilik instituti; “Navoiy” ilmiy-texnologiya sanoat parki; 2022/2023 öquv yilida: Karmana politexnika texnikumi; Ğozğon politexnika texnikumi.

Universitet huzuridagi texnikumlarda sanoat, konçilik, metallurgiya, maşinasozlik, quriliş, energetika, elektrotexnika, xizmat körsatiş yönalişlarida kadrlar tayyorlaş yölga qöyilgan. 

Ma’lumot uçun, Özbekiston qahramoni Quvondiq Sanoqulov «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi boş direktori hisoblanadi. U 2014 yilning aprel oyidan örindoşlik asosida Navoiy davlat konçilik instituti rektori sifatida işlab kelgan.